«Kasallik avj olmoqda. Biz ançadan buyon koronavirus juda köpçilikka, agar hammaga bölmasa, yetib borişi ssenariysi haqida ogohlantirib kelmoqdamiz», - dedi JSST vakili Kristian Lindmeyyer.

Reuters agentligi hisoblariga köra, jahon iqtisodiyotining koronavirusdan körgan zarari beş trillion dollarni taşkil etmoqda. Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyo böylab 2 867 kişi uşbu virus qurboniga aylangan.

Jahondagi vaziyat

Covid-19 ayni vaqtda Antarktidadan boşqa barça qit'alarga tarqalib bölgan.

Juma kuni Nigeriya va Yangi Zelandiya davlatlari hukumatlari ham virusdan zararlaniş bilan boğliq ilk holatlar haqida e'lon qilişdi. Virus şimoldagi Islandiyaga ham yetib bordi.

Nigeriya virus yuqişi holati qayd etilgan Sahroyi Kabirdan janubdagi ilk davlat böldi. Virus Milandan Lagosga uçib kelgan italiyalikda aniqlangan. Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Akinola Abayomining sözlariga köra, uşbu bemorda virusning yengil holati aniqlangan va uning ahvoli barqaror bölib turibdi.

Abayomining sözlariga köra, hukumat u bilan aloqada bölgan boşqa kişilarni ham tekşiradi.

Yangi Zelandiyada virus aniqlangan ilk bemor 60 yoşda. Uning ismi, jinsi va millati ma'lum qilinmagan. U Erondan uçib kelgani va ayni vaqtda Oklend şahrida karantin holatida saqlanayotgani ma'lum.

Möğuliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga Xitoydan qaytgaç, özini ikki haftaga izolyatsiya qildi. U qöşni davlatga safari vaqtida Si Tszinpin bilan uçraşgan va Xitoyga yordam tariqasida 30 ming boş qöy sovğa qilgan. Battulga Covid-19 koronavirusi tarqalişni boşlaganidan keyin Xitoyga kelgan ilk davlat rahbari böldi.

Xitoy hukumati sönggi bir kunda yana 327 kişida virus aniqlanganini ma'lum qildi. Bu fevral oyida bir kunda aniqlangan bemorlar soni böyiça eng past körsatkiçdir.

Janubiy Koreya virus avj olişi böyiça Xitoydan keyingi ikkinçi davlat bölib qolmoqda. Juma kuni virusdan zararlanganlar soni yana 315 nafarga oşgani va bemorlarning umumiy soni 2337 nafarga yetgani ma'lum qilindi.