2020 yilning 22 fevral kuni ertalabki soat 08:15da Navoiy viloyati Xatirçi tumani IIB navbatçilik qismiga tezkor çaqiruv kelib tuşdi. Unga köra, «Xöjaqörğon» MFYda yaşovçi M.H.ning yaşaş xonadonidan qiymati 2 mln sömlik suv çiqariş agregati (nasos) öğirlab ketilgan ekan. 

Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga köra, bir guruh IIB xodimlari, jumladan, hudud profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar ötkazilib, uşbu jinoyatni qilgan şaxslar aniqlanib, jinoyat işi oçilgan. 

Uşbu jinoyat 1998 yilda tuğilgan B.X. va 2004 yilda tuğilgan voyaga yetmagan T.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. 

Şuningdek, tergov suriştiruvlar natijasida şu yilning 16 fevral kuni «Xöjaqörğon» MFYda yaşovçi fuqarolar F.D., S.R., B.X. hamda voyaga etmagan T.X. özaro jinoiy til biriktirib, şu tumandagi «Miyonqol» MFYda yaşovçi F.O. xonadonidan jami 950 ming sömlik fosforli öğitni öğirlab çiqib, sotmoqçi bölib yurgan vaqtida — 23 fevral kuni daliliy aşyolar bilan qölga olingan. 

Tergov-suriştiruv davomida aniqlanişiça, xuddi şu fuqarolar tomonidan oldindan jinoiy biriktirib, şerikçilik asosida hamqişloği B.Ş. xonadonidan qöylarini va şu mahalla hududida joylaşgan «R.B.» fermer xöjaligi dala şiyponida joylaşgan omborxonasidan ğalla öğirlaşni rejalaştirayotganligi aniqlanib, 2ta jinoyatning oldi olindi. 

Uşbu jinoyatlarning aniqlanişi va oçilişida profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi Ç.Rajabovning faolligi muhim rol öynagan. Içki işlar organlarida bunday lavozim taşkil etilganiga bir yil tölmasdan, joylarda jinoyatlarni oçiş va ularni barvaqt oldi olinişida öz samarasini bermoqda.