Deputatlardan birining Yaponiyaga safaridan keyin Tailand parlamenti dezinfeksiya qilindi / AFP

Katta va aholisi ziç joylaşgan şaharlarda avj oliş manzarasi juda xavflidir.

Quyida şahar hayotini virus tahlikasidan asraydigan ba'zi çoralar keltiriladi. 

Jamoat transporti
Jamoat transporti virus tarqalişi uçun mukammal muhitdir.

Viruslar jamoat transportining yuqori qismidagi böşliq orqali oson tarqalişi mumkin (fotoda - Tehrondagi avtobus) / AFP

Viruslar havo-tomçi yöli bilan yuqadi — aksiriş yoki yötaliş paytida havoga çiqariladigan juda mayda tupuk tomçilari orqali.

Bir neça izlanişlarga köra, gripp mavsumi vaqtida jamoat transportidan foydalanadigan odamlar kasallikka olti marta köproq çalinişadi. 

Aynan şu sababli, Janubiy Koreyadan Eronga qadar köplab mamlakat ma'murlari jamoat transportida — poyezd, avtobus va bekatlarda tozalaş işlari olib borişni buyurmoqda.

Olomon
Sport öyinlari kabi gavjum tadbirlar yuqtiriş xavfini orttiradi. Ularning köplab davlatlarda koronavirus tufayli bekor qilinişi boşlangan.