Koronavirus keltirib çiqargan Covid-19 epidemiyasi Xitoy taşqarisida tarqalişda davom etmoqda. 27 fevral holatiga köra, virus Xitoydan taşqari yana 47 mamlakatga yetib borgan, kasallanişning kamida 82164 holati mavjud, ularning aksariyati Xitoyning materikdagi qismida qayd etilgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti virus boşqa mamlakatlarda XXRdagiga qaraganda tezroq tarqala boşlaganini ma'lum qilgan.
Foto: BBC.comFoto: BBC.com
Italiyada yangi Covid-19 koronavirusini yuqtirganlar soni sönggi kunda uçdan bir qismiga köpaydi va hozirgi vaqtda virusdan zararlanganlar soni 453 kişini taşkil etmoqda. Saudiya Arabistoni ehtiyotkorlik çoralari doirasida ziyoratçilarning Makkaga kirişini töxtatdi.
Virus butun dunyo böylab 2804 kişi hayotiga zomin böldi, 32872 kişi virusdan kasallangaç, soğaygan.
Italiyada nimalar bölmoqda va ayb kasalxonalardami?
Aksariyat kasallaniş holatlari Italiyaning şimoliy sanoat mintaqalarida, jumladan markazi Milan bölgan Lombardiyada kuzatilmoqda. Aniqlangan holatlar soni böyiça ikkinçi örinda Venetsiya va uning atrofidagi tumanlar joylaşgan. Bemorlar soni sönggi kun davomida uçdan bir qismga köpaydi: seşanba kuni keçqurun virusning 323 taşuvçisi, 12 ölim va 3 tuzaliş holati e'lon qilingandi.
Endi Milanda tibbiy niqob taqqan odamlarni uçratiş noyob hodisa emas / GETTY IMAGES
Hukumat vakillari kasallik tarqalişining oldini oliş uçun barça imkoniyatlarni işga solayotganliklarini aytişmoqda. Mamlakat böylab barça maktablar, universitetlar va kinoteatrlar yopilmoqda va ommaviy tadbirlar bekor qilingan.
Umumiy aholisi 55 ming kişidan iborat bölgan bir neça şahar karantin uçun yopilgan. Köpçilik koronavirus tarqalişi Italiya iqtisodiyotida pasayişga olib kelişi mumkin degan xavotirda.
Italiya prokuraturasi Lombardiya kasalxonalarini taftiş qilişni boşladi. Avvalroq OAVda şifoxonalardan biri «superyuqtiruvçi»ga aylangan bemorni (virusni boşqalarga qaraganda köproq odamlarga yuqtiradigan bemorlar) körikdan ötkazgani haqida xabarlar paydo bölgandi.
Şundan söng boş vazir Juzeppe Konte şifoxonalardan birining xodimlarini beparvolikda ayblab, tanqid qildi. Bu qaysi şifoxonaligiga aniqlik kiritilmadi.
Lombardiyaning Kodono şahridagi 150dan ortiq infeksiya holati matbuotda Mattia deb atalayotgan 38 yoşli erkak bilan boğlanmoqda. U Kodonodagi kasalxonaga yotqizilgan, ammo bungaça u virusni homilador rafiqasi, dösti, barga taşrif buyurgan uç nafar keksa mehmonga yuqtirgan, şuningdek yarim-marafonda yugurgan, futbol öynagan.
Mavzuga oid
Rasmiy talqinga köra, Mattiaga virus qandaydir xitoylik kema egasidan yuqqan. Rasmiylar boşqa tafsilotlarni oşkor etişmagan.
Reuters ma'lumotiga köra, sönggi bir kun içida Braziliya, Pokiston, Şvetsiya, Norvegiya, Gretsiya, Ruminiya, Jazoir, Daniya va Gruziyada virusdan zararlanişning ilk holatlari tasdiqlandi. Endilikda koronavirus Antarktidadan taşqari barça qit'alarga tarqalgan.
Janubiy Koreyada infeksiyalanişning 334ta yangi holati qayd etildi va zararlanganlar soni 1595 kişiga yetdi, 13 kişi halok bölgan. Xitoydan taşqaridagi eng köp kasal aynan şu mamlakatda aniqlangan. AQŞ va Janubiy Koreya qöşma harbiy maşqlarni noma'lum muddatga qoldirdi.
Saudiya Arabistoni çet ellik ziyoratçilarning muqaddas Makka va Madina şaharlariga kirişini ehtiyotkorlik yuzasidan töxtatmoqda. Saudiya Taşqi işlar vazirligi, virus tahdidi kuçaygan davlatlardan keluvçi sayyohlarning mamlakatga kirişi ham vaqtinça töxtatilişini bildirdi.
Iroqda ommaviy tadbirlar taqiqlangan va maktablar, universitetlar hamda dam oliş maskanlari yopilgan. Kasallik holatlari aniqlangandan keyin Kuvayt va Bahrayn ham xuddi şunday çoralar joriy etdi.
Xitoyda çorşanba kuni koronavirusdan yana 29ta ölim holati qayd etildi — bu yanvar oyi oxiridan boşlab kuzatilgan eng kam qurbon sonidir. Bir kun avval 52ta ölim haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, 26 fevral kuni Xitoy hududida yana 433 kişida virus aniqlangan va mamlakat böylab virusdan zararlanganlarning jami soni 78 mingdan oşib ketgan.
Angliyada virusning yana ikki holati tasdiqlandi — Britaniyada jami 15 nafar bemor.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe payşanba kuni hukumat bahorgi ta'tillar yakuniga qadar, ya'ni mart oyi oxirigaça barça örta va boşlanğiç maktablarni yopiş taklifini bergani haqida ma'lum qildi.
Estoniyada payşanba kuni koronavirusdan zararlanişning ilk holati tasdiqlandi. Bu Turkiya orqali uçib kelgan Eron fuqarosidir.
Koronavirus infeksiyasining tarqalişi dunyoning boşqa qismlarida ham davom etmoqda.
«Vahimaga örin yöq»
Yevropa komissiyasi a'zosi Stella Kirakides Italiya Soğliqni saqlaş vaziri bilan uçraşuvdan keyin jurnalistlarga şunday dedi: «Vaziyat taşviş uyğotmoqda, ammo vahima qözğaşimiz kerak emas. Bu virus haqida juda köp narsa noma'lum, xususan, uning qanday paydo bölgani va qanday tarqalayotgani».
Fransiya va Germaniya hukumatlari çorşanba kuni virus bilan boğliq vaziyatni inqiroz va epidemiya sifatida baholaşdi.
«Biz inqiroz arafasida turibmiz. Epidemiya yaqinlaşmoqda», - degan Parijdagi Pti-Salpetriyer şifoxonasiga kelgan fransuzlar prezidenti Emmanuel Makron.
Germaniyada epidemiya boşlangani haqida avvalroq mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Yyens Şpan çegaradoş davlat - Italiya soğliqni saqlaş vaziri bilan uçraşuvda aytib ötgandi.
«Koronavirus Yevropaga yetib kelgan. Biz şunday holatga tuşib qoldikki, har bir zararlaniş holatini kuzata olmaymiz va bu holatlarni töğridan-töğri Xitoy bilan boğlay olmaymiz», - degan u.
Germaniyada virusdan zararlanganlar soni 30 nafarga yaqinlaşgan.
Gretsiya - virusdan zararlaniş holati qayd etilgan mamlakatlar qatorida / REUTERS
Yevropada ahvol qanday?
Sönggi ikki kun içida virus Avstriya, Xorvatiya, Gretsiya, Norvegiya, Şveytsariya va Şimoliy Makedoniyada aniqlandi. Holatlarning aksarida Italiyaga taşrif buyurgan odamlar virus yuqtirgan.
Koronavirus tufayli keçalari Milan markazi böşab qolmoqda, odatda bu yerlarda tungi hayot gullab-yaşnagan / EPA
Gruziyada bir nafar bemor davolanmoqda — mamlakat rasmiylariga köra, u kasallik tarqalişining yana bir öçoği Erondan seşanba kuni vataniga qaytgan Gruziya fuqarosidir.
Yangi holatlar haqida Ispaniya, Fransiya va Germaniya ham xabar qilmoqda. Irlandiya Olti millat kubogi doirasida Dublinda ötkaziladigan Italiya regbi terma jamoasining öyinini keyinga qoldirdi.
Yevropadan taşqarida kasallanişning yangi holatlari Jazoir, Braziliya va Pokistonda qayd etildi. Janubiy Amerikadagi ilk braziliyalik bemor Erondan qaytgan.
Iroqdagi şialar uçun muqaddas şaharlardan biri Najafda qöşimça ehtiyot çoralari körilgan / AFP
Şu bilan birga, Eron rasmiylari hozirça şaharlarga karantin joriy etişni rejalaştirmayotganliklarini aytişdi. Uşbu mamlakatdagi bemorlar soni allaqaçon 139 nafarga yetgan — mintaqadagi barça davlatlarga qaraganda köp.
Eronliklar kasallaniş avj olayotgan Qum şahriga bormaslikka çaqirilmoqda. Ammo u yerda joylaşgan şia qadamjolariga har yili millionlab ziyoratçilar taşrif buyuradi.
Saudiya Arabistoni Makka va Madinaga Umra amalini bajariş uçun keluvçilarga viza berişni töxtatdi. Bundan taşqari, Saudiyaning «vakolatli soğliqni saqlaş organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalişi aniqlangan» mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podşohlikka kirişiga vaqtinça taqiq qöyilgan.
Mamlakat Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, Saudiya Arabistoni koronavirusga qarşi kuraş doirasida boşqa mamlakatlar va xalqaro taşkilotlar, ayniqsa, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) körayotgan çoralarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.
AQŞda koronavirus ilk marta mamlakat hududidan taşqariga çiqmagan fuqaroda aniqlangan, dastlabki ma'lumotlarga köra, u kasallanganlar bilan ham aloqada bölmagan. Amerika hukumati bu holat haqida AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda virus tarqalişi oldini oliş uçun örnatiladigan çeklovlar haqida ma'lum qilgaç e'lon qildi.
AQŞda sönggi ma'lumotlarga köra, virus yuqtirgan 60 nafar bemor davolanmoqda.
Donald Tramp çorşanba kungi matbuot anjumanida vitse-prezident Mayk Pensga kasallikka qarşi kuraşni muvofiqlaştiriş böyiça körsatma berganini aytdi.
Tramp AQŞ hukumati virus bilan kuraşişiga va AQŞ fuqarolari uçun xavf pastligiça qolişiga işonç bildirdi. «Biz bunga mutlaqo tayyormiz», — degan Tramp.
Pandemiyadan saqlaniş mumkin
Bi-bi-sining soğliqni saqlaş masalalari böyiça korrespondenti Filippa Roksbi:
Koronavirus öçoqlari Xitoydan dunyoning boşqa mintaqalari, ayniqsa Yevropaga qadar kengaydi.
Bir qaraganda, bu holatning açinarli rivojlanişi. Ammo unda yaxşi taraflarni ham köriş mumkin. Xitoy, ayonki, virusni nazorat ostiga oldi va yangi holatlar kuzatilişi kundan-kunga kamaymoqda.
Bu infeksiya bilan kuraşişda qöllangan çoralarning muvaffaqiyatidan darak beradi, ularda odamlardan uyni tark etmaslik söraldi, keng ommaviy tadbirlar bekor qilingan va transport harakati çeklandi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti virusni jilovlaş va global pandemiyaning oldini olişning imkoni hali ham mavjudligini tuşuntirişga urinmoqda.
Bu fikrni avj olişning boşqa ta'sirlari xavfidan ogohlantirgan Britaniya hukumati ham qöllab-quvvatlamoqda - iqtisodga va umuman jamiyatga tahdid. Insonlar xavfsizligi ustuvorligiça qolmoqda, biroq unga mas'uliyat bilan yondaşiş kerak.