Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 1» telekanalida efirga uzatilgan «Moskva. Kreml. Putin» dasturida aytib o‘tdi.
Peskov Erdo‘g‘an Vladimir Putinni Anqarani Suriya hukumati bilan «birga-bir» qoldirishga chaqirganiga shunday izoh berdi.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya mintaqada Suriyaning qonuniy rahbariyati iltimosi bilan harakat qilmoqda.
«Suriyada qolgan davlatlar harbiylari xalqaro huquq me'yorlari va prinsiplariga zid ravishda qolmoqda», deb aytgan Peskov.
Putinning matbuot kotibi Suriya Anqara Sochidagi kelishuvlar doirasida faolsizlantirilishiga va'da bergan terrorchilar bilan kurashayotganini ta'kidlab o‘tgan.















