Muhojirlar bir necha kundirki, Turkiyaning qochqinlarni to‘xtatib turmaslik qarori ortidan Edirneda – Pazarkule chegara darvozasida kutishmoqda. So‘nggi kunlarda minglab muhojirlar dalalarni bosib o‘tib chegaraga yetib kelgan.



Arosat maydonida kutishdan charchagan muhojirlar narvonlar yordamida tikonli simlardan o‘tib, Gretsiyaga yo‘l olishmoqda. Askarlar qochoqlar kesgan sim to‘siqlarni ta'mirlashga majbur bo‘lishdi. Qochqinlarning ayrimlari Istanbulga qaytishgan.


Oralarida ayollar, bolalar, chaqaloqlar bo‘lgan qochqinlar mashaqqatli kunlarni boshdan kechirayotgan onlarda ular tomon uloqtirilgan gazli granatalari Turkiya chegarasidagi hududga ham ta'sir qilmoqda.



Bunga javoban turk askarlari ogohlantirish o‘qlarini uzishgan.




















