Koronavirus: Ispaniyada ilk ölim, Eronda ön minglab mahbuslar ozodlikda, AQŞda qat'iy çoralar
|19:36 / 04.03.202042 1939 min
Ispaniyada koronavirusdan ilk ölim holati qayd etildi, bu ma'lumotni soğliqni saqlaş organi rasmiysi tasdiqladi. Eron hukumati esa ön minglab mahbuslar vaqtinçalikka ozodlikka qöyib yuborilişini ma'lum qildi, AQŞ Federal zaxira tizimi (Markaziy banki) koronavirus ortidan iqtisodiyotga risklar yuzaga kelayotgani sababli qayta moliyalaş stavkasini 1,5-1,75 foizdan 1-1,25 foizlik koridorga pasaytirdi.
Foto: AFPFoto: AFP
Ispaniya hukumati ma'lumotiga köra, mamlakat şarqidagi Valensiya provinsiyasi hududida koronavirusdan ilk ölim holati qayd etilgan. Şaxsi ma'lum qilinmagan erkak 13 fevral kuni olamdan köz yumgan. Tekşiruvlar natijalari seşanba kuni e'lon qilindi - uning vafotiga Covid-19 koronavirusi sabab bölgan.
Ayni vaqtda mamlakatda 110 kişida virus aniqlangan.
Eron: 2336 bemor, 92 ölim
Bu vaqtda Eronda 54 mingdan ortiq mahbus tölib-toşgan qamoqxonalarda mahbuslar orasida koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun ular vaqtinçalikka ozodlikka qöyib yuborildi.
Eron sud tizimi rasmiylaridan birining ma'lum qilişiça, Covid-19 aniqlanmagan va özi uçun garov puli tölaganlargina qöyib yuborilgan.
Xavfli jinoyatçilar va 5 yildan ortiq muddat olgan mahbuslar qamoqxonada qolişadi.
Kelib çiqişiga köra eronlik bölgan Britaniya fuqarosi - 2016 yilda Eronga qizini körgani kelganida qölga olinib, josuslikda gumonlangan holda 5 yilga qamalgan Nazanin Zagxari-Retkliff ham ozodlikka çiqarilişi mumkin.
Zagari-Retkliffning xayriya taşkiloti va Britaniya hukumati unga qöyilgan ayblovlarni qat'iyan rad etgan. Britaniya parlamenti deputati Tulip Siddiq tvitterdagi sahifasida Eronning Buyuk Britaniyadagi elçisiga asoslangan holda u ozodlikka çiqişi mumkinligi haqida yozdi.
Ayni vaqtda butun dunyo böylab koronavirusdan zararlanişning 93 198 holati qayd etilgan, 3215 kişi virus qurboniga aylangan - ölim holatlarining aksari Xitoy hududida.
Eronda yana 12 kişining ölimi tasdiqlandi va bu mamlakatda virus tarqalgani e'lon qilinganidan keyin ikki haftaga yaqin vaqt içida kamida 92 kişi vafot etgan.
Seşanba kuni Eron Soğliqni saqlaş vazirligi Covid-19 bilan zararlanişning yana 835ta yangi holati haqida ma'lum qildi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, qatorasiga ikkinçi kun kasallanganlar soni bir yarim barobarga oşdi, ayni vaqtda mamlakatda virus yuqtirganlar soni 2336 nafarni taşkil qilmoqda.
Eron hukumati virus aniqlangan ilk kundanoq jahon hamjamiyatiga barça ma'lumotlarni töliq berib borayotganini bildirgan, ammo mutaxassislar Erondagi haqiqiy raqamlar butunlay boşqaça bölişi mumkinligini aytişmoqda.
Mavzuga oid
Duşanba kuni Tehrondagi vaziyatni baholaş uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti jamoasi yetib keldi. Ular kelgan samolyotda tibbiy vositalar, himoya liboslari va 15 ming tibbiy xodim uçun möljallangan boşqa jihozlar, şuningdek 100 ming kişini koronavirusga test qiliş uçun laboratoriya uskunalari ham olib kelingan.
Virus bir neça eronlik amaldorda aniqlangan, jumladan Şoşilinç tez tibbiy yordam rahbari Pirhusayn Kolivandda ham.
Şuningdek, mamlakat parlamentining 290 nafar deputatidan 23 nafari virusga çalingan.
Duşanba kuni Eron oliy rahbari Ali Xominaiy boşçiligidagi Muvofiqlik Kengaşining oliy a'zosi bölgan 71 yoşli Muhammad Mirmuhammadiy koronavirus tufayli vafot etdi.
AQŞ: Federal zaxira tizimi bazaviy stavkasini rejadan taşqari pasaytirdi
AQŞ Federal zaxira tizimi koronavirus tarqalişi va bozorlardagi pasayiş munosabati bilan favqulodda çoralarni körişga kirişdi.
Federal zaxira tizimi koronavirus ortidan iqtisodiyotga risklar yuzaga kelayotgani sababli qayta moliyalaş stavkasini 0,5 foiz punktiga pasaytirib, 1,5-1,75 foizdan 1-1,25 foizlik koridorga tuşirdi. Taşkilotning bu qarori rejadan taşqari böldi. Yiğiliş 17-18 mart kunlariga belgilangandi.
FZX bayonotida qayd etilişiça, AQŞ iqtisodiyoti kuçliligiça qolmoqda, ammo COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalişi iqtisodiy faoliyat uçun qöşimça xavf tuğdirmoqda.
Seşanba kuni tongida «Katta yettilik» davlatlarining markaziy banklari rahbarlari va moliya vazirlari telefon muloqoti orqali özaro yiğiliş ötkazgani xabar qilingandi. Ularning barçasi öz mamlakatlari iqtisodiyotini koronavirus tahdididan himoya qiliş niyatini bildirgan.
«Virus va uning oldini olişga qaratilgan çoralar, albatta, köplab davlatlarda ma'lum vaqtgaça iqtisodiy faollikka ta'sir körsatadi», degan uşbu qarorga izoh berar ekan AQŞ markaziy banki rahbari Jyerom Pauell.
Pasaytirilgan stavkalar moliyaviy tizimdagi stressni yengillaştirişga va investorlarning kayfiyatini yaxşilaşga yordam beradi.
«Bizda barça savollarga ham javob yöq. Ammo bu çora iqtisodiyotni sezilarli darajada jonlantirişiga işonamiz», deya qöşimça qilgan u.
AQŞ Markaziy banki sönggi marta 2008 yildagi moliyaviy inqiroz vaqtida favqulodda yiğiliş yakunida tayanç foiz stavkasini pasaytirgani kuzatilgandi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp sönggi vaqtlarda bir neça marta Pauellni foiz stavkasini pasaytirişga çaqirgandi - lekin odatda prezidentlar Markaziy bank mustaqilligini hurmat qilgan holda Federal zaxira tizimi siyosatiga aralaşmasdi.
Federal zaxira tizimi qarori e'lon qilinganidan keyin Tramp bu yetarli emasligi haqida tvit yozib qoldirdi.
«Nihoyat FZR taşabbus körsatadigan vaqt keldi. Yanada köproq yumşatiş va qisqartiriş kerak!», degan u mikroblogida.
Yevropadagi vaziyat
Italiyahamon Yevropada virusdan eng köp zararlangan davlat bölib turibdi - 2263 bemor va 79 qurbon.
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Mett Henkok bir neça haftadan keyin mamlakatdagi maktablar vaqtinça yopilişi mumkinligini ma'lum qilgan.
Britaniya hukumati seşanba kuni koronavirusga qarşi kuraş rejasini e'lon qildi. Hukumat prognoziga köra, virus avj olişi öz çöqqisiga çiqsa, mamlakatdagi mehnatga yaroqli aholining beşdan bir qismi virusdan zararlanişi mumkin. Bugungi kunda mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 51 nafarni taşkil etmoqda.
Boş vazir Boris Jonson rejani taqdim etar ekan, alohida vaziyatlarda tibbiyot xodimlariga harbiylar ham yordam berişi közda tutilgani, köplab ommaviy tadbirlar, şu jumladan, futbol uçraşuvlarida çeklovlar örnatilişi mumkinligini ma'lum qildi.
Rejaga köra, virus keng tarqala boşlasa politsiya faqat eng jiddiy qonunbuzarlar bilan şuğullanadi, şifoxonalar birinçi navbatda infeksiya yuqtirganlarga e'tibor qaratadi, hukumat qator tadbirlarni çeklaşi, maktablar yopilişi va köplab kompaniyalarning xodimlari uydan turib işlay boşlaşiga töğri keladi.
Britaniya hukumati fikriça, koronavirus yaqin vaqtlar içida yanada kengroq tarqalişi mumkin, şu tufayli mamlakatda aholini virus tarqalişining oldini oliş çoralari böyiça keng kölamli kampaniya olib boriladi.
Boris Jonsonning sözlariga köra, har bir britaniyalik virusdan zararlanmaslik uçun qilişi kerak bölgan iş - bu «Happy Birthday qöşiğini ikki marta kuylaş uçun ketadigan vaqtga teng vaqt davomida qöllarni issiq suvda sovun bilan yuvişdir».
KXDR xorijliklarni Vladivostokka qöyib yubordi, Janubiy Koreya «harbiy holat»da
Şimoliy Koreyada 1 mart kuni yuzlab xorijliklar uçun 30 kunlik karantin yakunlangan. NKnews xabariga köra, karantinga joylaştirilgan xorijliklar orasida diplomatlar ham bor.
Foto: Getty Images
Ketişga ruxsat berilgan diplomatlar soni oçiqlanmagan, ammo Yaponiyaning Kiodo tsusin agentligi ma'lumotlariga köra, KXDRdan ketişni istaganlar Air Koryo aviakompaniyasining maxsus reysi orqali Vladivostokka olib boriladi.
KXDR mamlakat hududida koronavirusdan zararlanganlar yöqligini tasdiqlagan.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In mamlakat koronavirusga «uruş e'lon qilgani» haqida gapirdi. Seşanba kuni mamlakatda virusdan zararlanganlar sonida keskin ösiş kuzatildi: 851ta yangi holat. Mamlakatda jami 5186 kişida virus aniqlangan, bu borada jahonda Xitoydan keyingi ikkinçi holat.
«Tegu şahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasidagi vaziyat özining çöqqisiga çiqdi va butun mamlakat yuqumli kasallikka qarşi uruşga kirdi», dedi prezident.
Uning sözlariga köra, koronavirusga qarşi kuraşga 30 trln von (25 mln dollar) yönaltiriladi. Prezident şuningdek barçani tibbiyot niqoblari bilan qisqa muddatda ta'minlaş imkoni yöqligi uçun mamlakat fuqarolaridan uzr söragan.
Xitoyda ham xorijliklar uçun karantin joriy etilgan. Bu tartib bir neça şaharlarga taalluqli. Pekin, Şanxay va Guandun şaharlarida infeksiyaning yirik öçoqlari - Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Italiyadan keluvçilar 14 kunlik karantinga joylaştirilişi ma'lum qilingan.
Xitoy hukumati mamlakat böylab öz fuqarolari harakatlanişida qat'iy çeklovlar örnatgan, ammo xorijdan keluvçilar infeksiya olib kelişi mumkin.