Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon xo‘jaligi tizimida ishlovchi xodimlarning ishlab chiqarish me'yorlari takomillashtiriladi
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda ishlovchi ishchi xodimlarning ishlab chiqarish me'yorlarini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda ishlovchi ishchi xodimlarning ishlab chiqarish me'yorlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘rmon xo‘jaligi sohasida mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda xodimlarning sonining eng kam me'yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori xo‘jalikni ixtisoslashuvi, yer maydoni o‘lchami, chorva mollari bosh soni, ishlab chiqarishni intensivlik va texnik qurollanganlik darajalari va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlar kasbi va mutaxassislar lavozimi ro‘yxatini hamda ularning sonini belgilangan tartibda ishlab chiqib tasdiqlaydi va moliya idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligida xodimlar sonining eng kam me'yori ishlab chiqariladigan mahsulot turi, yer uchastkasining maydoni, chorva mollari turi va bosh soni, foydalanilayotgan texnika va boshqa ko‘rsatkichlar asosida har bir mutaxassis lavozimi va xodim kasbi bo‘yicha aniqlanadi.
Keltirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislarining soni xodimlar oylik sonining eng kam me'yorida hisobga olinadi.
Ishchilarining soni o‘rtacha yillik miqdorda hisoblanadi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligining shtat jadvali xodimlarning me'yoriy sonidan kelib chiqib, davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari va davlat moliya bo‘limi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligida xodimlarining eng kam me'yoriy ish haqi fondi yillik hisobda quyidagilardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
muvofiq aniqlangan xodimlar sonining eng kam me'yori;
xodimlarning eng kam ish haqi fondida vaqtinchalik ishlash qobiliyatini yo‘qotganligi (kasallik va boshqalar) bo‘yicha to‘lovlar hamda amaldagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibga muvofiq mehnat ta'tilini qoplab berish bilan bog‘liq xarajatlar inobatga olinadi.
Eng kam ish haqi fondi bajariladigan ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda, davlat o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari va ishchilari uchun ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda 9 oydan kam bo‘lmagan muddatga, sug‘orish ishlarini bajarayotgan ishchi (suvchi)lar uchun 7 oydan kam bo‘lmagan muddatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Davlat o‘rmon xo‘jaligida xodimlar soni va ularning ish haqi fondining eng kam me'yori muvofiq jadval bo‘yicha har kalendar yili uchun ish haqi xarajatlarini moliya ishlab chiqarish rejasini tuzishda ko‘rsatiladi.
Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025