IIBB: raqamni yashirishga urinish holatlari jiddiy jarimaga olib keladi
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari davlat raqami o‘qib bo‘lmaydigan holatga keltirilgan avtomobillar suratlarini tez-tez jo‘natmoqda

Foto: IIBB axborot xizmati
Qayd etilishicha, suratlarda ko‘pincha avtomobillar davlat raqamlari bo‘yoq bilan bo‘yalgan yoki ulardagi harflar ustiga biror narsa yopishtirilganligi, raqamlari ustidan turli plyonkalarni to‘liq yotqizishlari aks etgan (bu bilan raqamlarni radarlar uchun “ko‘rinmas” holga keltirmoqchi bo‘ladilar). Ba'zida raqamlarni rasvo holatga keltirishadi. Bunday holatning g‘ayritabiiyligi avtomobilning kuzovi yarqiraydigan darajada tozaligi bilan ko‘zga tashlanadi.
Yo‘l harakati qoidalarida bir qator shartlar borki, ular yuzaga kelganda avtomobildan foydalanish taqiqlanadi. Ular qatorida davlat raqam belgilarining yetarli darajada ko‘rinmaslik holat ham qayd etilgan. Haydovchi muntazam ravishda avtomobilining holati foydalanish shartlarining barchasiga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilib turishi lozim. Aks holda jarima maydonchasiga tushib qolish mumkin.
Bildirilishicha, 28 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilaridan biri ulashgan suratda Matiz rusumli avtomobil davlat raqamining ikkita belgisi ustiga puxtalik bilan qog‘oz yopishtirgani aks etgan. Qo‘shimcha tarzda xuddi shu avtomobilning boshqa rakursdan tushirilgan surati ham jo‘natilgan edi: unda old tomondagi davlat raqamlari talablarga muvofiq holatda edi.
Shu kunning o‘zida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari avtomobilni ishonchnoma asosida boshqargan haydovchi 31 yoshli H.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125- (“Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) hamda 128-6-moddalariga (“Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi”) muvofiq bayonnoma rasmiylashtirdilar.
Eslatib o‘tilishicha, “davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi” (2 230 000 so‘m). O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, mazkur hollarda qoidabuzarning transport vositasi jarima maydonchasiga joylanadi.
“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalarini buzmang, buzgan taqdiringizda esa yosh bola kabi turli uslublar bilan mas'uliyatidan qochib qolmoqchi bo‘lmang.
Shuningdek, fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilib, bizga qoidabuzarlar haqida xabar beruvchilarga murojaat qilmoqchimiz:
avtomobilning ikkala davlat raqamlarini surati (old va orqa tomondagilar) hamda qoidabuzarlik vaqti va joyi haqida ma'lumot bo‘lishi kerak. Sizning yordamingiz sababli poytaxt yo‘llari xavfsizroq bo‘lmoqda, chunki jazolanmasligiga ishongan haydovchidan yomoni yo‘q”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09 / 17.04.2025
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07 / 17.04.2025
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40 / 17.04.2025
Mavzuga oid

11:22 / 01.03.2025
Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

08:51 / 24.04.2024
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi

07:22 / 08.04.2024