Markaziy bank boşqaruvining 2020 yil 5 martdagi qarori bilan asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida özgarişsiz qoldirildi.

MB xabariga köra, uşbu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlaştirilişi hamda koronavirus bilan boğliq bölgan taşqi iqtisodiy noaniqliklarning kuçayişi bilan izohlanadi.

Markaziy bank hisob-kitoblariga köra inflatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinçi çoragida kuzatilişi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinçi yarmida tariflar ösişining inflatsiyaga ta'siri pasayib boradi va yil oxirida inflatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori çegarasiga yaqinlaşadi. 

Ötgan yillardagi inflatsiya xususiyatining tahlili şuni körsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravişda oşirib kelinişi inflatsiyaning asosiy omillaridan bölgan. Ta'kidlaş joizki, uşbu sohalarda narxlar şakllanişining bozor tamoyillarini joriy qilişni keçiktiriş keyinçalik ham narxlarni har yil oşirib borişni talab qiladi. Bu, öz navbatida, qöşimça inflyatsion bosimni yaratişda davom etadi va 2023 yilga kelib inflatsiya böyiça maqsadli körsatkiçga – targetga erişişni qiyinlaştiradi.

Narxlarning özgartirişni bir bosqiçda amalga oşiriş orqali bozor tamoyillarini joriy etilişi inflatsiyaga ma'lum darajada qisqa muddatli ta'sir körsatişi mumkin, biroq bu, öz navbatida, işlab çiqariş jarayonlarini rivojlantiriş yölidagi muammolarni bartaraf etişga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarining kengayişiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining köpayişiga xizmat qiladi.