«Transfermarkt» naşri 2020 yilgi Superliga klublarining yangi transfer baholarini e'lon qildi. Unga köra, Osiyo çempionlar ligasi iştirokçisi sanalmiş Toşkentning «Paxtakor» klubi ayni damda Özbekistonning eng qimmat tarkibga ega jamoasiga aylangan.

 Manbada futbol klublarining futbolçilari soni va bahosiga qarab umumiy tarkib narxi keltirilgan. Şuningdek, jamoa futbolçilarning örtaça transfer bahosi va yoşi ham yozilgan.

 Transfermarkt’ga binoan, mamlakatimizning amaldagi çempioni «Paxtakor» Superliganing eng qimmat tarkibga ega jamoasi sanalib, umumiy narxi 15,08 million yevroni taşkil etadi. Bunda har bir futbolçining örtaça bahosi 580 ming yevroga baholangan.

 Bu borada ikkinçi örinni «Lokomotiv» klubi egallab turibdi. «Temiryölçilar»ning umumiy transfer bahosi 9 million yevroga teng. Jamoa öyinçilarining örtaça narxi 360 ming yevroga baholangan.

 Umumiy bahoning qimmatligi böyiça 3-örinda «Navbahor» klubi qayd qilingan. Namangan jamoasining narxi 7,5 million yevroni taşkil etadi. Tarkibida 30 nafar futbolçini jamlagan klubning har bir futbolçisi örtaça 250 ming yevrodan narxlangan.

 Eng qimmat tarkib borasidagi beşlikdan Toşkentning «Bunyodkor» hamda Olmaliqning OKMK klublari ham joy olgan bölib, Vadim Abramov jamoasi 6,8 millionga, Mirjalol Qosimov boşqaruvidagi klub esa 6,55 million yevroga baholangan.

 Tarkibining umumiy bahosi va örtaça narxi borasida «Maş'al» va «Andijon» klublari nisbatan past baholanganlar sifatida qayd etilib, sönggi örinlarda körsatilgan.

 E'tiborlisi, Röziqul Berdiyev qöl ostidagi «Nasaf» va Vadim Abramov boşqaruvidagi «Bunyodkor» Superliga-2020ning eng yoş tarkibga ega jamoasiga aylandi. «Surxon» va OKMK klublari esa çempionatning eng «qariya» tarkibiga ega jamoalar bölişdi.

 Quyida barça klublarning 2020 yildagi umumiy transfer bahosi, futbolçilarning örtaça narxi va yoşi bilan tanişing:

 1. «PAXTAKOR» (Toşkent)
Umumiy transfer bahosi: 15,08 million yevro
Futbolçilari soni va örtaça yoşi: