Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin Turkiyaga qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Avvalroq Turkiya AQShdan Suriya bilan chegarasida Patriot zenit-raketa majmualarining ikkita batareyasini joylashtirishni so‘ragani ma'lum qilingan. Biroq Vashingtondan hali javob bo‘lmagan.

Erdo‘g‘an AQSh Turkiyaga Patriot majmualarini yetkazib berishiga umid qilmoqda. 

Shu bilan birga, Turkiya “Vashingtonning e'tirozlariga qaramay”, Rossiyaning S-400 majmualarini qo‘llaydi. 

“Turkiya Rossiyadan S-400’ning barcha komponetlarini olib bo‘ldi. Tizimlar aprelda faollashtiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.