2019 yil yakunlari böyiça Özbekiston 100 ballik şkalada 10 ball töplagan. Bunda respublikaga siyosiy huquqlar böyiça 40 balldan 2, inson erkinliklari böyiça 60 balldan 8 ball berilgan.
Yangi hisobotda Özbekiston va Belarusdagi parlament saylovlari muxolif partiyalarsiz ötgani aytilgan.
«Natijada qonun çiqaruvçi hokimiyat tölaligiça hukumatga yon bosuvçi guruhlar qölida qolmoqda», – deyiladi Freedom House şarhida.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 22 dekabr va 2020 yil 5 yanvar kunlari Özbekistonda parlament va mahalliy kengaşlar deputatligiga saylovlar bölib ötdi. Jarayonni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosining töliq miqyosdagi missiyasi kuzatib bordi. Missiya rahbari Tana de Zuluyeta saylovdan keyingi matbuot anjumanida yutuqlarni sanab, közga taşlangan kamçiliklarni ham aytib ötgandi.
«Xulosalarga köra, hisoblaş jarayonlari oxirigaça silliq ötmagan. Qonunda belgilangan protseduralarga töliq amal qilinmagani, natijalar özgargani körindi. Ba'zi joylarda raqamlar kamroq edi. Işlatilmay qolgan byulletenlarni heç kim hisoblab çiqqani yöq. Hisoblar oxirigaça olib borilmagan hollarni ham kördik. Körsatkiçlarning aniqligiga işonç hosil qiliş uçun biror kişi, xolis odam qayta sanab çiqmadi. Xavfsizlik ta'minlanmagan kanallar orqali ma'lumotlar almaşinuvi amalga oşirilgan hollar ham kuzatilgan» - degandi missiya rahbari.
YeXHTning Parlament assambleyasi missiyasi rahbari Kari Xenriksen ham saylov jarayonlari kamçiliklardan xoli bölmaganini aytgan. «Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar bölib ötgani, ular kerakli yönalişda olib borilayotgani qayd etilganiga qaramay, siyosiy variantlar diapazoni juda çeklanganligiça qolmoqda», – degandi u.
Sodiq Safoyev: «3 yil avval Özbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi»















