

Bir necha yildan beri serqatnov yo‘lning nosozligi avtomashina haydovchilari uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqirliklar tirbandlik va yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga sabab bo‘lyapti.
https://ok.ru/videoembed/1423465056959
Ko‘cha o‘rtasidagi kanalizatsiya tarmog‘i o‘tgan joyda yoriq paydo bo‘lgan va uning uzilgan simlari chiqib yotibdi. Aholi bu xavfli joyga haydovchilar yurib tushib ketmasligi uchun tuproq to‘ldirilgan qop bilan to‘sib belgi qo‘yishgan.




Markaziy Marg‘ilon ko‘chasidan o‘tayotgan avtomashina haydovchilarining fikri bilan qiziqdik.
«Yo‘lning shu holatga kelib qolganiga 10 yil bo‘ldi. Murojaat qilamiz, nomiga yamab ketishadi. Ta'mirdan 20-30 kun o‘tib yo‘l yana shu holatga kelib qoladi...»
«Bu yo‘ldan yurgan avtomobillarning «xodovoy» qismi ishdan chiqmoqda. To‘g‘rilanishini necha yillardan beri kutamiz...»
«Shaharga har kuni shu yo‘l orqali qatnayman. Yomg‘irli kunda bu ko‘chaning holatini ko‘rsangiz edi...»


Markaziy Marg‘ilon ko‘chasida turli ijtimoiy soha obektlari bor. 50-umumta'lim maktabi yonidagi piyodalar o‘tish joyi chiziqlari ham yo‘lning sifatsizligi tufayli o‘chib ketgan.



















