Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay va Sharjadan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma'muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma'muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Transport vazirligiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar Amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi.
Bundan oldin, O‘zbekiston yana ikkita davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026