Özbekiston Prezidenti 6 mart, juma kuni, «Özbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga çaqiriş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga ma'lum qildi.
- Prezidentning mazkur qarori loyihasi 2019 yilning dekabrida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga qöyilgan edi.
Qarorda belgilanişiça, çaqiriluvçilarni muddatli harbiy xizmatga çaqiriş tizimini takomillaştiriş, mazkur jarayonni amalga oşirişda oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş, nomzodlarga qöşin turlarini tanlaş imkoniyatini yaratiş, şuningdek, muddatli harbiy xizmatga çaqiriş jarayonidagi bir-birini takrorlovçi tadbirlarni istisno etiş maqsadida:
Özbekiston fuqarolarini harbiy xizmatga çaqiriş tartibini yanada takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
- Özbekiston Qurolli Kuçlari safini har tomonlama yetuk, soğlom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli çaqiriluvçilar bilan butlaş;
- çaqiriluvçilar ongida milliy ğurur, ona yurtga sadoqat, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyğusini kuçaytiriş;
- çaqiriluvçilarni muddatli harbiy xizmatga çaqirişning mavjud tizimini optimallaştiriş;
- çaqiriluvçilarni tibbiy körikdan ötkazişda bir-birini takrorlovçi bosqiçlarni soddalaştiriş;
- tibbiy körikdan ötkaziş sifati va samaradorligini oşiriş;
- tibbiy körikdan ötkazişning xolisligini va tezkor amalga oşirilişini ta'minlaşga yöl qöymaydigan mavjud tizimni qayta körib çiqiş;
- çuqurlaştirilgan tibbiy köriklarni harbiy okruglar harbiy gospitallari mutaxassislari tomonidan ötkaziş;
- harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari, şuningdek, harbiy okrug qömondonlarining şaxsiy javobgarligini oşiriş.
«Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga çaqiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qiliş böyiça komissiyalar faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi nizomga köra, Harbiy okrug qöşinlari qömondonlari çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga çaqiriş tadbirlarining ötkazilişiga umumiy rahbarlik qiladi, şuningdek, Rahbariyat kengaşi, harbiy-tibbiy komissiya, butlaş komissiyasi, hududiy komissiya va hududiy tibbiy komissiyalarning samarali faoliyat yuritişi uçun şaxsan mas'uldirlar.
Nizomga köra, quyidagilar öz faoliyatini har yili:













