“Özbekiston prezidentining 4125-sonli qaroriga asosan markazimizda pulli xizmatlar soni köpaytirilmoqda. Jumladan, Y-xromosoma orqali genetik kelib çiqiş tadqiqotlarini yölga qöyiş rejalaştirilyapti. Bu borada laboratoriyamizda nafaqat pulli xizmatlar körsatamiz, balki ekspertiza jarayonida ham Y-xromosomalar orqali köp jinoyatlarni oçişda yordam beramiz.

Y-xromosoma bu odatda erkak jinsidagi şaxslarda ota avloddan nasldan naslga ötadigan genetik belgi hisoblanadi va u ota avlod böyiça ötib boradi. Umuman, DNK şunday moddaki, u nafaqat odamning şaxsini, qarindoşligini, balki uning kelib çiqişini, hayoti davomida mavjud bölgan kasalligi haqida ma'lumotlar oliş imkoniyatini beruvçi modda hisoblanadi. Şu tadqiqotlar yöli orqali bizga murojaat qilgan fuqarolarning ota avlod böyiça kelib çiqişi kimlarga borib taqalişini aniqlaşimiz mumkin”, deya Dilobar Ahmedovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

rNWwN0iW6NjHGZX70rjxnhnKUAGdDpyn.jpg (1149×698)
Dilobar Ahmedova

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, bunday ekspertiza tadqiqotlarini ötkaziş uçun buyurtmaçisi hamda soliştirma namuna zarur böladi.

“Bunday ekspertiza bilan köp fuqarolar qiziqişgan. Hatto markazimizga biz amir Olimxonning Özbekistonda qolgan avlodlari hisoblanamiz, şuni ekspertiza yöli bilan tasdiqlab bera olasizlarmi, deb murojaat qilib ham kelişgan. Buni aniqlaş uçun hozirgi kunda hayot bölgan va amir Olimxonning avlodi ekani aniq bölgan qarindoşlaridan namuna olişimiz va buyurtmaçining namunalari bilan soliştirişimiz kerak böladi”, - deydi markazning Odam DNK sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri.

Matbuot anjumanida joriy etilişi rejalaştirilayotgan ekspertiza orqali odamlarning etnogenetik kelib çiqişini, ya'ni etnogenez böyiça turk, arab, tojik yoki boşqa etnik guruhga mansubligini ham aniqlaş mumkin bölişi bildirildi.

Avvalroq, otalikni aniqlaş böyiça DNK ekspertizasini ötkaziş narxi ma'lum qilingan edi.