Özbekiston çempionatining amaldagi ğolibi «Paxtakor» yangi mavsumni «Navbahor» ustidan mojaroli ğalaba bilan boşladi. Şota Arveladze şogirdlari OÇLda ham ikkita öyin ötkazib ğalaba qozonişdi. Içki çempionatda «Paxtakor» deyarli qarşiliksiz çempion bölişi aytilmoqda, lekin Şota Arveladzening fikriça, bunday emas, 5-6 ta jamoa çempionlik uçun kuraşadi.

«Paxtakor» mavsum oldidan tarkibini yanada kuçaytirib oldi. Asosiy yangilik şveysariyalik Eren Derdiyöqning kelişi böldi. Öz vaqtida «Bayyer»da porlagan yulduz hozirça özini körsatgani yöq, lekin Arveladze u muhim pallada kerak bölişiga işonmoqda. Ötgan mavsumdagi OÇL bahslarida «Paxtakor»ga nimadir yetişmagandi, öşa nimadir Derdiyöq bölişi mumkin.

Şuningdek, «Paxtakor» yangi mavsum oldidan Abror Ismoilov, Anzur Ismoilov va Umar Eşmurodov kabi futbolçilarni ham öz safiga qöşib oldi. Asad Sobirjonov ijaradan qaytdi. Keyinroq Eşmurodov «Nasaf»ga qaytib ketdi, çunki u tarkibga tuşa olmasligi deyarli aniq böldi.

Mavsum startidagi dastlabki uç öyinda Arveladze xuddi ötgan mavsumdagi asosiy tarkibni tuşirdi. Igor Sergeyev mavsumni juda yaxşi boşlaganini aytiş kerak. Milliy jamoadagi muvaffaqiyatsiz öyinlardan söng ruhiy tuşkunlikka tuşib qolgan Sergeyev hozir yana eng yaxşi formasiga çiqa oldi. U «Paxtakor» safida 3 ta rasmiy öyinda 4 ta gol urişga ulgurdi. Şu bois Derdiyöq har qança maşhur yulduz bölmasin, asosiy tarkibda tuşiş uçun raqobatda ğolib bölişi kerak.

«Paxtakor»ning yangi mavsumga tayyorgarligi qanday keçgani, rejalar haqida biliş uçun jamoa maşğulotlarini kuzatdik. Biz borganimizda jamoa superliga 2-turidan örin olgan «Buxoro»ga qarşi öyinga tayyorlanayotgan edi. Maşğulot jarayonini kuzatib barça futbolçilar yaxşi holatda ekanini kördik.

Mavsumga tayyorgarlik qanday keçgani haqida Şota Arveladzening fikrlari bilan qiziqdik: «Mavsumga yaxşi tayyorlandik. Yiğinlar vaqtida dastlabki ikki öyinni öz maydonimizda ötkazişimizni bilardik va bu öyinlarni yutişimiz kerak edi. Çempionatda ham qur'a bizni birinçi turdan «Navbahor»ga röparo‘ qildi. Bu juda qiyin öyin böldi. Biz dastlabki uç öyinda ğolib böldik va tayyorgarlik jarayonining dastlabki kiçik qismini yakunladik desak böladi. Tayyorgarlik butun mavsum davom etişi kerak.