Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi mazkur korxona uçun 2019 yil eng zamonaviy korxonaga aylaniş yili böldi. Yangi bino, yangi texnologiyalar va ombor uçun yangi ayvon MÇJ imkoniyatlarini kengaytirib yubordi.

«Koson don mahsulotlari qabul qiliş» MÇJ 1936 yilda Koson don qabul qiliş şoxobçasi sifatida taşkil qilingan bölib, 1999 yil 18 maydan «Koson don oçiq hissadorlik jamiyati»ga özgartirilgan. 2004 yil 24 apreldan şu kunga  qadar «Koson DMQQ» mas'uliyati çeklangan jamiyati nomi bilan faoliyat körsatib kelmoqda.

2018 yil 19 dekabrdagi ÖZbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilingandi.

2019 yilda ana şu qarorga asosan, korxonada bir keça kunduzda 60 tonna buğdoyni qayta işlaşga möljallangan tegirmon sexi modernizatsiya qilindi.

Turkiyaning «IMAŞ MAKINA SANAYI» firmasining energiya tejamkor, zamonaviy quvvati sutkasiga 120 tonnaga teng yangi tegirmon liniyasi işga tuşirildi.

–    ­Yangi liniya tufayli korxona quvvatining oşirilişi öz navbatida qöşimça iş örinlari yaratilişiga sabab böldi va yana 13 kişi iş bilan ta'minlandi, – deydi  «Koson don mahsulotlari qabul qiliş» MÇJ direktori Ölmas Ravşanov. – Modernizatsiya işlari uçun 6 milliard söm miqdorida bank mablaği sarflandi. Şundan 5 milliard 635 million sömi tegirmon liniyasi sotib oliş uçun, qolgan 375 million söm tegirmon sexi rekonstruksiya işlariga yönaltirildi.

2019 yilning özida donni sifatli saqlanişini ta'minlaş maqsadida jamiyatimiz boş korxonasi xududida 2 mlrd 525 million söm evaziga 25 ming tonna siğimga ega bölgan ayvon qurib bitkazildi va jamiyatning jami don saqlaş siğimlari 76 ming tonnaga yetkazildi.

Katta özgarişlardan yana biri — korxonaning avariya holatidagi, 1936 yilda qurilgan ma'muriy binosi örniga zamonaviy, qiymati 1 mlrd 450 million sömlik ma'muriy bino qurib bitkazildi. 2019 yilning özida korxonaga qabul qilingan ğalla miqdori 103 536 tonna tovar don hamda 9 967 tonna uruğlik donni taşkil qildi.