2020 yilgi Superliga iştirokçi jamoalarining tayyorgarligi, tarkibdagi özgarişlar, reja va maqsadlari bilan taniştirişda davom etamiz.
Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbirlari bu safar Navoiy şahrida bölib, «Qizilqum» jamoasining tayyorgarligi, stadioni va tarkibdagi özgarişlari bilan tanişdik, murabbiy va futbolçilar bilan suhbatlaşdik.
Klub stadioni
Navoiy şahriga kirib borar ekansiz, siz uçratgan dastlabki katta binolar sport majmualari bölib, olimpiya şaharçasi şaklida qurilgan. Viloyatning ayni damdagi asosiy arenasi «Yoşlik» stadioni ham aynan şu yerda joylaşgan bölib, «oltin izlovçilar»ning uy stadioni sanaladi. Koreyalik mutaxassislar tomonidan hozirlangan stadion çimi tez orada ideal holatga kelişi kutilmoqda. Öz bağriga 12 500 tomoşabinni siğdira oladigan öyingoh tribunalari, tablosi va yoritiş tizimida ham muammo yöq.

Tarkibda qanday özgarişlar qilindi?
Qayd etiş joiz, «Qizilqum» klubi sönggi mavsumda imkoniyatidan past natija körsatdi. Mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri sanalmiş NKMK homiyligidagi Navoiy klubi 2019 yilgi mavsumda Superligada qoliş uçun kuraşib, 13-örin bilan elitada ilinib qoldi. Qoniqarsiz natija tufayli jamoa tarkibida özgarişlar yuz berişi kutilgandi.
Fevral oyida Turkiyada ikki haftalik yiğin taşkil etgan «Qizilqum» jamoasi bir qator futbolçilarni sinovdan ötkazdi. Jumladan, navoiyliklar hujum çiziğiga Afrika qit'asining Namibiya mamlakatidan Makkartni Tevin Navesibni taklif etişdi. Qayd etiş kerak, Navesib Özbekiston futboli tarixidagi ilk namibiyalik legionerga aylandi. Klub a'zolarining aytişiça, Superliga 1-turda «Nasaf» darvozasiga gol urgan afrikalik «oltin izlovçilar»ning «topilma» futbolçilaridan biri böladi.
Şuningdek, Samarqandning «Dinamo» jamoasi hujumçisi Qadamboy Nurmetov ham qöşni viloyat klubiga ötdi. Ma'lumotlarga köra, Navoiy klubi futbolçi uçun Samarqand jamoasiga 100 million söm transfer puli tölagan.

«Qizilqum»ning 2020 yil uçun yangi futbolçilari:




















