Bir muddat avval saytimiz orqali «Klaster»: U Özbekiston qişloq xöjaligini önglay oladimi?» sarlavhasi bilan intervyu e'lon qilingan edi.

Unda «Öztöqimaçiliksanoat» rahbari Ilhom Haydarov Özbekistonda fermerlarning yeri klasterga birlaştirilişi vaji bilan tortib olingani, klasterlar va bu tizimga ötişdagi plyus-minuslar borasidagi savollarimizga javob qaytargan edi.

Quyida suhbatning ikkinçi qismi taqdim etiladi.

«Klaster tizimiga nisbatan «yomon» degan sifatni ehtiyotkorlik bilan işlatiş kerak»

– Deylik, fermer yetiştirilgan paxtani klasterga sotdi. Bu yerda fermer uçun yetiştirilgan mahsulotdan olinadigan ikkilamçi mahsulot: moy va yem juda muhim. Xöş, fermer va klaster örtasidagi bu masala qanday yeçiladi? Ikkilamçi mahsulotlar fermerga qaytariladimi?

– Siz paxtadan olinadigan ikkilamçi mahsulotlarni fermerga qaytariş masalasiga urğu berdingiz. Ötgan yili bu mahsulotlardan olingan daromad fermerga ham bölindi. Bu orqali fermerga şrot va şeluxa mahsulotlarini özining çorva xöjaliklariga işlatişga imkoniyat berildi.

Bunda ikkilamçi mahsulotni böliş böyiça fermer va klaster özaro kelişadi.

Men suhbatimiz orqali öquvçilarga yetkazişni xohlardimki, bu tizim hali yaxşilanib boradi.

Tizimga yomon degan ta'rifni ehtiyotkorlik bilan işlatişimiz kerak. Qolaversa, töqimaçilikda bizga nisbatan yillar davomida majburiy mehnat borasida e'tiroz bölib keldi. Klaster tizimi majburiy mehnat borasida e'tirozlarni olib taşlaydi.

Klasterlar orqali Özbekiston qişloq xöjaligining eng yangi texnika-texnologiyalari kirib kelmoqda. Aytmoqçimanki, bu yerda katta manfaat bor. Qişloq xöjaligi katta daromadli sohaga aylanadi.

«Şunday kunlar keladiki, fermer qaysi klaster bilan işlaşini özi hal qiladi»

– Hozirgaça fermerlar yerga işlov beriş, öğit soliş kabi işlar uçun yil boşida Moliya vazirligi qoşidagi jamğarmadan kredit olib keladi.