O‘zbekiston | 15:31 / 10.03.2020
16343
3 daqiqa o‘qiladi

Mixail Favorov: Xitoyda koronavirusga chalingan bemorni yashirish otuvga sabab bo‘ladi

Amerika Mikrobiologiya jamiyati a'zosi: bizda 40 turdan ortiq koronaviruslar bor. Faqat bunisi hali yangi, eskilari yengil shamollash bilan cheklanishi mumkin. Vaqti kelib bu ham oddiy virusga aylanadi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Anjumanda epidemiologiya sohasida xalqaro ekspert, Amerika Mikrobiologiya jamiyati a'zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov ishtirok etdi. U 40 yildan ziyod umrini dunyoning turli mintaqalarida – Markaziy Osiyoda kam uchraydigan gepatit turlaridan tortib, Keniya va Malida tifoid isitmasi kasalliklarini o‘rganish va oldini olishga bag‘ishlagan.

Ayni paytda Mixail Favorov koronavirus infeksiyasi bo‘yicha dunyo va O‘zbekistondagi holatni o‘rganmoqda. Shu kunlarda u mustaqil xalqaro ekspert sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bosh shtab mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizga koronavirusning kirib kelish va tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu sohada ixtisoslashgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga maslahatlar bermoqda.  

– Bu zoonoz kasallikdir, ya'ni hayvonlarniki, inson organizmiga begona. Ammo oddiy til bilan aytganda inson hujayralariga tushganidan keyin u moslasha boshlaydi. Yuzinchi, minginchi, balki yuz minginchi odamga tushganidan keyin u inson organizmiga moslashadi, antitanalar ishlab chiqarila boshlanadi.

Men Xitoyning Uxan shahrida ishlaganman. Ayni paytda koronavirusga chalingan bemorni yashirish uchun otuvga hukm qilinadi, bu ma'lumotlarni tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Koronavirusga chalingan bemorlar haqidagi raqamlar ham nisbiy, ular qanday talqin qilinayotgani va qanchalik aniqlanayotganiga bog‘liq. Har qanday epidemiya hamma davlatlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta sinov. O‘lganlar sonini kuzatsak, yakshanba kuni, ya'ni shifoxonalar to‘la quvvat bilan ishlamagan kunlarga to‘g‘ri keladi. Ya'ni bu yerda hamma narsaning ahamiyati bor.

Endi optimistik ma'lumotlarga e'tibor bersak – to‘liq tuzalib ketayotganlar soni oshmoqda, ya'ni boshida hamma esankirab qolgandi, endi u jilovlandi.

Xitoyni alohida o‘rgandik. 14 fevral kun bilan 6 mart kunlarini solishtirsak kasallik naqadar chekinayotganini kuzatish mumkin. 

Vaksinalar, preparatlar tayyorlanyapti. Ammo ular sinov muddatidan o‘tmay turib foydalanishi mumkin emas, ya'ni amalda taxminan 2 yilcha muddat o‘tishi kerak. 

Eng qizig‘i, mo‘g‘ul-turk uchburchagiga e'tibor bering. Mo‘g‘uliston, Turkiya va Markaziy Osiyo hududida bu kasallik rasman qayd etilmagan.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid