Bugun, 10 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekistonda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va uning kirib kelişining oldini oliş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan uyuştirilgan bu matbuot anjumani Özbekistonda ayni şu muammoga bağişlangan keng qamrovdagi dastlabki xalqaro tadbirga, ilmiy konferensiyaga aylanib ketdi.

Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov respublika böylab yirik tadbirlar, ommaviy konsertlarni çeklaş böyiça savolga javob berarkan şunday dedi: 

– Biz favqulodda komissiya qarori bilan, JSSTning tavsiyasiga köra, kasallik qayd etilmagan davlat sifatida xalqaro tadbirlarni çeklaganmiz. Ammo özimizning içki ommaviy tadbirlarni, sport öyinlari, spektakllar, konsertlarni çeklaşga ehtiyoj yöq, deb topganmiz.