Ma'lum bölişiça, 8 mart kuni soat taxminan 10:40larda 3 yoşli Behruz voyaga yetmagan yaqin qarindoşlari bilan kanal yoqasida öynab, suvga tuşib ketgan. Voqeadan xabar topgan yaqinlari tezda Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar bergan.

Bolaning otasi Bobur Töxtayevga köra, 8 mart kuni ikki nafar, 9 mart kuni 18:40gaça uç nafar ğavvos suvdan bolani izlagan, ammo topolmagan.

Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, qidiruv işlari davom etmoqda.

«Kanalda çiqindilarning haddan taşqari köpligi qidiruv işlarini qiyinlaştirmoqda», deydi boşqarma vakili.

Farzandini yöqotib, azob çekayotgan Behruzning otasi öğlini topiş uçun nafaqat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan, balki hamma samarqandliklardan najot kutyapti.