Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «O‘zbekneftgaz» delegatsiyasi Ozarboyjonga tashrif buyurdi

Foto: O‘zbekneftgaz
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning oktabr oyida Ozarboyjon Respublikasiga tashrif buyurib, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab olgan edilar.
Belgilangan vazifalarni amalda bajarish maqsadida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya «SOCAR» va «NIPI Neftegaz SOCAR» kompaniyalari bilan ikkitomonlama manfaatli hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan hamkorlik masalalarini hal qilish maqsadida Ozarboyjonda bo‘lib turibdi.
Tashrifning ilk kuni «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi a’zolari «Azneft» kompaniyasining «Bibieybat» neft va gaz qazib olish boshqarmasida bo‘lishdi va u yerdagi ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu kunning o‘zida «NIPI Neftegaz SOCAR» tajriba-sinov bazasidagi qilinayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasi a’zolarini Ozarboyjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi «SOCAR»ning Prezidenti Abdullayev Rovnag Ibragim o‘g‘li va «SOCAR»ning geologiya va geofizika masalalari bo‘yicha Vitse-prezident Guseynov Bahrom Baxlul o‘g‘li qabul qildi.
Suhbat davomida Orol dengizi hududida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, G‘arbiy va Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Garmiston konlarini o‘zlashtirish masalasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
«O‘zbekneftgaz» AJ delegatsiyasining Ozarboyjondagi tashrifi davom etmoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

13:16 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025