Hozirgi vaqtga kelib davlat uluşidagi korxonalar soni 2965tani taşkil etayogan bölsa, şulardan 58 foizi DUK, 33 foizi MÇJ hamda 9 foizi AKga tegişlidir.
Unga köra, davlat uluşi töliq sotiladigan davlat iştirokidagi korxonalarga quyidagilar kirişi ma'lum qilindi: Neft va gaz sohasida 69ta, energetikada 25ta, kimyo sanoatida 8ta, bank va moliya taşkilotlarida 4ta, yoğ-moy taşkilotlarida 16ta, alkogol mahsulotlari işlab çiqaruvçi taşkilotlarda 11ta, loyihalaş institutlarida 23ta, gazeta va jurnallarda 94ta, bozorlar va komplekslarda 509ta hamda boşqa 336ta qöşimça korxonalar.
Şu bilan birga, uşbu qarorda köpgina kompaniyalarning isloh qilinişi ham nazarda tutilgan. Jumladan, «Özbektelekom», «Özbekiston temir yöllari», «Özmaxsusmontajquriliş», «Özdonmahsulot», «Özbekoziqovqatxolding», «Özavtosanoat», «Özagrosanoatxolding», «Özagrokimyohimoya», «Toşşahartransxizmat», «Özpaxtasanoat», «Özagroservis», «Özkimyosanoat» kabi kompaniyalar ham mavjud. Uşbu kompaniyalarda köpgina islohotlarning amalga oşirilişi belgilab qöyildi.
Loyihalarning hayotga tatbiq etilişi natijasida davlat iştirokidagi korxonalarni 81 foizga kamaytiriş, davlat unitar korxonalarini 96 foizga qisqartiriş, 20ta jamiyatlarda IPO ötkaziş, kuzatuv kengaşi mustaqil a'zolari sonini 20 foizgaça köpaytiriş kutilmoqda.
«Uzbekistan Airways», «Özbekneftgaz», «Öztransgaz», «NTKMK», «OTMK», «Özmetkombinat», «Özbektelekom», «Toşkent RFB» boşqa jami 554ta korxona davlat ixtiyorida saqlab qolinsa, ularning 44tasi qisman sotuvga qöyiladi.
Qaror bozorlar tizimiga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Şu sababli «Farhod dehqon bozori», «Askiya dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Çorsu buyum savdo kompleksi», «Yunusobod dehqon bozori», «Örikzor», «Çilonzor» va «Bektöpi savdo kompleks»lari va boşqa bozorlar şular jumlasidandir.
Şu bilan birga, «Ma'rifat» gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi (DUK), «Şarq» AJ, «Huquq va burç» ijtimoiy jurnali DUK, «Özbekiston naşriyot matbaa uyi» DUK, «Ğofur Ğulom» nomidagi naşriyot matbaa uyi DUK, «Öqituvçi ilmiy-metodik naşriyot markazi» DUK, şuningdek, «UZDIGITAL TV» MÇJ ham davlat uluşidan xususiy sektorga sotilişi belgilab qöyildi.
Bundan avvalroq ham prezident qarori loyihasi asosida Özbekistonda 1115ta davlat uluşlari xususiy sektorga sotilişi haqida xabar berilgan edi.
















