Ma'lum qilinişiça, 2020 yilning 9 mart kunidan boşlab har kuni örtaça 1487ta avtomobilga şartnoma tuzilmoqda.

«2020 yilning 9–12 mart kunlari 5949ta avto avtomobilga şartnoma tuzildi. Agar uşbu raqamni şartnomalar imzolangan 4 kunga taqsimlasak, kuniga örtaça 1487 ta avtomobil uçun şartnoma imzolanayotgani kelib çiqadi. Bu avvalgi oydagi körsatkiçimizdan 42 foizga köproqdir», — dedi Zumrad Şojalilova.

Biroq, «Özavtosanoat» aksionerlik jamiyati matbuot xizmati rahbari oldingi oyda körsatkiçlar qanday bölganini taqdim etmadi va faqat narxlar keskin oşirilganidan keyingi raqamlarni oşkor qildi. Ya'ni, soliştiriş imkoniyatini özida qoldirdi.

Ma'lumki, «Özavtosanoat» rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali avtomobil xarid qiliş uçun şartnomani onlayn imzolaş mumkin, şuningdek bunday şartnomalarni dilerlik avtosalonlar orqali oliş ham mumkin. Bunday şartnomalar tanlangan avtomobil uçun kamida 85 foiz tölov qilingunga qadar 15 kun amalda böladi. Şu muddat içida pul tölanmasa şartnoma kuyadi. 

«Özavtosanoat» AJ matbuot kotibi imzolangan şartnomalar sonini keltirar ekan, ularning qançasi uçun tölov qilinganiga ham aniqlik kiritmagan.

Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga köra, 9–12 mart kunlari jami:

  • 2172ta «Lacetti»;
  • 1194ta «Cobalt»;
  • 975ta «Nexia-3»;
  • 671ta «Spark»;
  • 519 ta «Damas-2»;
  • 281ta «Malibu-2»;
  • 84ta «Tracker»;
  • 41 ta «Trailblazer» LTZ-AT;
  • 7 ta «Traverse Premier» AT;
  • 5 ta «Equinox» AT uçun şartnoma tuzilgan.

Boz ustiga, hisob-kitob işlari yakuniga yetmagani sababli 13–14 mart kunlarida neçta avtomobil xarid qiliş uçun şartnoma tuzilgani haqidagi ma'lumotlarni «Özavtosanoat»dan olişning imkoni bölmadi.

Lekin jadvalga qarab, xarid tendensiyasi pasayiş tomon yuz tutganini köriş mumkin.

Eslatib ötamiz, 9 mart kuni avtomobillarning narxlari modifikatsiyasiga qarab 3-21 foiz atrofida