Tarqalgan videolardan körinişiça, köplab içki işlar xodimlari va davlat idoralari xodimlari tuproq ortuvçi traktor vositasida qandaydir noqonuniy qurilmani qurişga çoğlanişgan. Ularga bir guruh ayollar keskin qarşilik qilişmoqda.

Kutilmaganda öşa yerdagi yigitlardan biri qölidagi yelim idişda içki işlar organi xodimlaridan birining ustiga yonilğiga öxşaş suyuqlik sepib yuboradi. Qolgan içki işlar organi xodimlari uni quvib ketişadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilar göyoki davlat idorasi va içki işlar organi xodimlari fuqarolarning qonuniy turar joylarini noqonuniy buzişga borgandek, notöğri talqin qilib, davlat idoralari şa'niga haqoratli va noörin şarhlarni yoğdirişgan.

Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi Qamaşi tuman hokimligi axborot xizmati bilan birga rasmiy bayonot berib, unda uşbu köngilsiz voqeaning mazmun-mohiyati nimadan iboratligi, janjalli tortişuvning boş sababi nima ekanligiga aniqlik kiritgan.

«Qamaşi tumani «Töqboy» MFY Töqboy qişloğida yaşovçi fuqaro Madina Poyonova tuman hokimligiga tadbirkorlik qiliş maqsadida murojaat qilgan.

Qamaşi tumani hokimining 2019 yil 12 iyuldagi X-4448/07-sonli qaroriga asosan unga Töqboy qişloğidagi 13-umumta'lim maktabi yonidan ötgan yöl yoqasidan «Yengil tipdagi kitob dökoni» quriş uçun fuqaro M.Poyonovaga 60 kv.metr yer maydoni ajratilgan.

Lekin fuqarolar — M.Poyonova va uning akasi A.Poyonov hamda Ş.Törayev özboşimçalik bilan tuman hokimi qarori bilan ajratilgan 60 kv.m yer maydonidan taşqari 120 kv.m.dan ortiq yer maydonini noqonuniy özlaştirişib, uşbu maydonga ham beton poydevor qöygan.

Noqonuniy qöyilgan bu poydevor maktabning oldi tomonini butunlay tösib qöygan hamda ta'lim dargohining taşqi körinişiga salbiy ta'sir körsatgan. Şuning uçun tuman hokimligi quriliş bölimi xodimlari tomonidan uşbu qonunbuzarlik öz vaqtida aniqlanib, fuqarolar M.Poyonova va uning akasi A.Poyonov hamda Ş.Törayev 3 marta yozma va bir neça bor oğzaki ogohlantirilgan. Lekin ular qonunga amal qilmasdan, özlarining noqonuniy faoliyatini davom ettirgan.

Şu sababli şu yilning 19 fevral kuni tuman hokimligi quriliş bölimi va tuman IIB xodimlari tomonidan fuqarolar — M.Poyonova, A.Poyonov hamda Ş.Törayev noqonuniy poydevor taşlangan joyning özida avval batafsil tuşuntirişlar orqali ogohlantirilgan. Söngra özboşimçalik bilan qurilgan poydevor buzib olingan.

Tuman hokimi qarori bilan fuqaro M.Poyonovaga «Yengil tipdagi kitob dökoni» quriş uçun berilgan 60 kv.m yer maydoni öz joyida qoldirilgan.