Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov OAVni koronavirus tarqalişi böyiça asossiz xabarlar tarqatmaslik xususida ogohlantirdi. Hukumat rahbari zarurat tuğilgan taqdirda efirga çiqişni taqiqlaşdan tortib, internetni öçirişgaça qat'iy çoralar körilişi mumkinligini ma'lum qildi.
«Heç qanday vahimaga örin yöq. Har kuni savollarga javoblar beriladi, matbuot anjumanlari ötkaziladi.
Hozir respublika böyiça favqulodda holatga öxşaş holat e'lon qilinyapti.
Lekin ogohlantiraman, biror OAV özbilarmonlik bilan çaqiruvlar, odamlarga vahima soliş maqsadida ma'lumot tarqatsa, öziça hazil qilmoqçi edim deb, keyin yiğlab ötiradiganlar bor, şundaylar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda yetarli moddalar bor.
Aniqlab, topib, uşlab, quloğidan tortib oftobga olib çiqişning muammosi yöq. Majbur qilmanglar texnik çoralar körişga.
Kerak bölsa umuman efirga çiqmaydiganam qilib qöyamiz. Internet tarmoğidanam, boşqa tarmoqdanam öçirişimiz mumkin. Texnik vositalarimiz yetarli», dedi boş vazir.
Boş vazir avtomobillar narxni oşirilganiga qarşi namoyiş ötkazişga çaqirgan şaxsning xatti-harakatlariga izoh berdi. Şuningdek, OAV vakillariga ham xabar tarqatişda hazillaşiş kerak emasligini uqtirdi.
«Keça bitta mömintoy avtomobil narxlari böyiça darrov odamlarga vahima solib, hammani soat 12 yarimda yiğilişga çaqirgan ekan.
Mana, keçasi bilan ötirib, tavba qildim, deb, boşqa qildim, deb, «Hazillaşgandim», deb ötiribdi…
Senga hazillaşişga çiqarib qöyibdimi qonunlarni? Hozir endi qonun oldida javob beradi u.
Boşqalarni qörqitiş bilan, boşqalarga qörquv soliş bilan har xil ma'lumotni tarqatmoqçi bölayotganlar, qölinglardagi bu ommaviy axborot vositasi qanday kuçga ega ekanligini bilgan biladi, bilmagan bilmaydi.
Şu bilan birga, buni işlatişning juda katta, oğir mas'uliyati bor. Kötargan odam qilişi kerak. Bunaqa holatda hazil ketmaydi», dedi hukumat rahbari.


















