16 martdan boşlab Özbekistonda konsert dasturlari noma'lum muddatgaça töxtatiladi. Bu haqda «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

«16 mart sanasidan boşlab rejalaştirilgan barça konsert dasturlari töxtatiladi. Konsert dasturlarining qaçon davom etişi karantin muddatining natijalariga boğliq», – deyiladi Odiljon Abduqahhorovning bildirişida.

Ma'lum qilinişiça, «Million» jamoasining 28 mart ― 2 aprel kunlariga rejalaştirilgan konsert dasturi 27 iyun ― 6 iyul kunlariga köçirilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, Yulduz Usmonovaning 25 mart ― 3 aprel sanalarida bölib ötişi kutilgan konsert dasturining oxirgi seansi bugun, ya'ni 15 mart kuni bölib ötadi, qolgan qismi noma'lum muddatga qoldiriladi.

«Konsert dasturlarining köçirilgan sanasi haqida qöşimça ma'lumotlar e'lon qilinadi, xarid qilingan çiptalar öz kuçida qoladi», dedi Abduqahhorov.

Estrada xonandalarining «Xalqlar döstligi» san'at saroyi, «Turkiston», «Zarafşon» va boşqa konsert zallarida ötkaziladigan konsert dasturlari, viloyatlar, tumanlar va barça hududlarda ommaviy tadbirlar vaqtinça qoldirilişini Madaniyat vazirligi axborot xizmati ham tasdiqladi.

30-31 mart kunlari Xivaning «Turk dunyosi madaniyati poytaxti», 14-17 aprel kunlari Buxoroning «Islom madaniyati poytaxti» deb e'lon qilinganiga bağişlangan tadbirlar, 21-27 mart kunlari bölib ötadigan «Teatr haftaligi» tadbirlari rasman bekor qilinadi.

Bundan avvalroq, koronavirusga qarşi çoralar sifatida barça ta'lim muassasalari yopilişi, Navröz sayllarining bekor qilinişi va kinoteatrlar faoliyati töxtatilişi haqida ma'lum qilingan edi.