Bu haqda Özbekistonda koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan 15 mart kuni Boş vazir Abdulla Aripov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Yana qaytarib aytaman, vahimaga örin yöq. Bu işga eng yaxşi mutaxassislar jalb qilingan. Butun respublikadagi barça infeksion kasalxonalar maxsus tayyorlangan va zaxiralarga ega.

Bir neçta qöşimça soğliqni saqlaş muassasalaridan taşqari, sanatoriya taşkilotlarni maxsus şaroitini yaxşilangan holda ularda bu infeksiyaga qarşi kuraşiş tadbirlarini möljallab qöyganmiz.

Bizda respublika böyiça 500 mingdan ortiq meditsina xodimlari bor. Yetarli tizim bor. Olimlarimiz, mutaxasislarimiz eng köp bölgan yönaliş ham bu – meditsina sohasi», dedi Aripov.

Hukumat çet el fuqarolarining Özbekistonga kirişini taqiqladi. Xorijdan charter reyslarda Özbekistonga olib kelinadigan vatandoşlar Toşkent viloyatidagi sanatoriylarga joylaştiriladi.

Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovning sözlariga köra, 16 martga ötar keçasi Janubiy Koreyadan charter reys bilan 250 nafar özbekistonlik olib kelinadi. Ular Toşkent viloyatidagi «Energetik», «Böston» va «Çotqol» sanatoriylariga karantinga joylaştiriladi.

Eslatib ötamiz, 15 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi Özbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlangani töğrisida ma'lumot berdi.