Xabarda ta'kidlanişiça, juma namozi odatda ma'viza bilan birga bir soatga yaqin davom etadi. Muftiyat esa namozni 10-15 daqiqagaça qisqartirişni, ya'ni bevosita namozni ado etiş bilan ötkazişni tavsiya qilgan. Bu haqda musulmonlar diniy boşqarmasi raisi birinçi örinbosari Damir Muxitdinovning hududlardagi boşqarmalar rahbarlariga yöllagan maktubida aytilgan.

Şuningdek, boşqa jamoat namozlarida ham namoz vaqtini qisqartiriş yöli bilan namozxonlarning yopiq inşootlarda uzoq vaqt birga qolişlarini minimallaştiriş tavsiya qilingan.

Muftiyat özida ötkir respirator virus infeksiyasining birinçi alomatlarini yoki özini yomon his qilayotganlarni “boşqa odamlarni xavfga qöymaslik uçun” uyda qolib, masjidlarga va boşqa jamoat joylariga bormaslikka çaqirgan.

Şuningdek, diniy taşkilotlar binolariga namoz öqiş joylari va sinfxonalariga alohida e'tibor qaratgan holda qöşimça sanitar işlov berişni taşkillaştiriş tavsiya qilingan. 

Bundan taşqari, diniy taşkilotlarga qöllarga kontaksiz antiseptik işlov beriş qurilmalarini örnatiş, taşrifçilarning haroratini kontaksiz termometr bilan ölçaş, isitmasi borlarni içkariga kiritmaslik tavsiya qilingan. Şuningdek, namozlardan keyin qöl siqişişdan vaqtinça voz keçiş maslahat qilingan.

“Uşbu körsatmalarga epidemiologik vaziyat barqarorlaşib, ular bekor qilingungaça amal qiliş lozim”, deyilgan xabarda.