Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni yo‘qotishda tomoqni uksusli suv bilan chayish zararli ekanligi ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining ogohlantirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Koronavirus o‘pkaga o‘tishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yo‘tal va tomoq og‘riq boshlanadi. Agar shu davrda ko‘p suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yo‘qoladi” mazmunida tarqalayotgan xabarlar xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Koronavirus infeksiyasiga xos klinik belgilardan biri quruq yo‘tal xisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini doimo ho‘llab turish organizm uchun juda foydalidir, chunki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatdan iborat bo‘lib, suyuqlik ichish hisobiga doimo nam holatda bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tashqi muhitdan ta'sir qilayotgan mikroorganizmlardan, shu jumladan koronavirusdan himoya qiladigan qobiq sifatida ta'sir ko‘rsatadi.
Tuz va uksusli suv yuqorida aytib o‘tilganidek, og‘iz shilliq qavati butunligining buzilishiga va oqibatda turli xil kasalliklarning og‘iz orqali yuqishiga olib keladi.
Agentlikning eslatishicha, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma'lumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025