Yakunlangan haftaning sönggi uç kuni davomida Superliga 3-tur bahslari ötkazildi. Mamlakatimizning yettita stadionida keçgan uçraşuvlar yakunida Tribuna.uz sayti tur sarhisobini taqdim etadi.
Tur öyini: Qosimov Abramovni mağlub etdi

Turning markaziy öyini Olmaliqda keçdi. Mirjalol Qosimov qöl ostidagi OKMK jamoasi Vadim Abramov boşçiligidagi «Bunyodkor» klubini qabul qildi. Qiziqarli keçgan uçraşuvda Murod Toşmatov va zaxiradan maydonga tuşirilgan Hojimat Erkinov tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga mavsumdagi ilk ğalabani taqdim etgan bölsa, «Bunyodkor» dastlabki mağlubiyatni tan oldi.
Tur qahramoni: Rayyevatsdan ajoyib debyut

Serbiyalik hujumçining Qöqonga qaytişi omadli çiqdi. «Qöqon-1912» - «Söğdiyona» (2:1) uçraşuvida Rayyevats dastlabki golning vujudga kelişida katta hissa qöşgan bölsa, köp ötmay Murod Xolmuhammedovning yon çiziqdan uzatgan töpini qiyin vaziyatda ajoyib zarba bilan darvozaga kiritdi. Debyut öyinidayoq ikkita samarali harakati bilan qöqonliklarga muhim ğalabani tortiq etgan Rayyevats – tur qahramoniga aylandi.
Tur muxlislari: «Vodiy derbisi»dagi anşlag
Superliga-2020da muxlislar taşrifi borasida rekord (25 328 tomoşabin) Namanganda qayd etilgan bölsa, ikkinçi eng yaxşi körsatkiç Andijonda kuzatildi. «Andijon» va «Navbahor» örtasidagi «vodiy derbisi»da 15 152 tomoşabin taşrif buyurdi. E'tiborlisi, şu kuni Namangandan ham 5 ming nafarga yaqin muxlislar kelişgan. Öyin murosasiz keçgan bölsa-da, tomoşabinlar gollarga guvoh bölişmadi. Şunga qaramay, ikki jamoaning aşaddiy muxlislari öyinni “qizitib” berişdi.
Tur fakti: «Buxoro»da – hammasi nol, faqat 0:3…

Superliga 3-turidan keyin çempionatdagi yaqqol autsayder jamoa – «Buxoro» klubi bölib qoldi. Muhsin Muhammadiyev jamoasi Buxorodagi maydon tayyor holatda emasligi sabab faqat safarda töp surişga majbur bölmoqda. E'tiborlisi, buxoroliklar jamoasi ötgan uç öyinda ham 0:3 hisobida mağlub bölişdi va sönggi öringa tuşib qolişdi. Jamoa oçko tugul, gol ham ura olayotgani yöq...























