Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkaziş uçun ajratilgan havo kemasida uşbu mamlakatda bölib turgan Özbekistonning 37 nafar fuqarosi vatanga olib kelinmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ular koronavirus tufayli çegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon Eronning «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketgan 14 nafar haydovçi, şuningdek, talabalar, tadbirkor va diplomatlardir.
Eslatib ötamiz, bugun, 16 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidan prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq koronavirusning oldini oliş çora-tadbirlariga kömaklaşiş maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Davlat rahbari topşiriğiga asosan Eronning yordam sörab qilgan murojaatini qöllab-quvvatlaş, şuningdek mazkur xavfli infeksiyaga qarşi kuraşiş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni kuçaytiriş maqsadida steril tibbiy qölqoplar, himoya qiluvçi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy oğirligi qariyb olti tonna bölgan tibbiy buyumlar şaklida insonparvarlik yordami yuborilgan.
Avvalroq prezidentning alohida körsatmasiga muvofiq, Eronda qolib ketgan yuk taşuvçi haydovçilar, tadbirkorlar, talabalar vatanga olib kelinişi, bu fuqarolar va samolyot ekipaji belgilangan tartibda malakali şifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanişi aytilgandi.













