O‘zbekiston | 12:29 / 17.03.2020
2587
4 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Amiri Naqibbek madrasasida o‘lkashunoslik muzeyi va xalq kutubxonasi tashkil etiladi

Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida joylashgan Muhammad Amiri Naqibbek madrasasida Kattaqo‘rg‘on tumani tarixi o‘lkashunoslik muzeyi va xalq kutubxonasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida joylashgan Muhammad Amiri Naqibbek madrasasida Kattaqo‘rg‘on tumani tarixi o‘lkashunoslik muzeyi va xalq kutubxonasi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining:

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida joylashgan Muhammad Amiri Naqibbek madrasasi qoshida Kattaqo‘rg‘on tumani tarixi o‘lkashunoslik muzeyi va xalq kutubxonasini Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar muzey faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan topilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, aniqlash, to‘plash, o‘rganish va ularni e'lon qilish, shuningdek, madaniy, ma'rifiy, ilmiy va ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

Kattaqo‘rg‘on tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy ishlar va erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;

Kattaqo‘rg‘on tarixining rivojlanish bosqichlari, bu borada amalga oshirilgan ishlar, xalqimiz merosini avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish;

muzey ekspozitsiyalari orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat, muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish;

o‘zbek xalqining betakror madaniyati va tarixini aks ettiruvchi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fondini yaratish hamda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e'lon qilib borish;

tashrifchilarni muzey ashyolari va kolleksiyalari, xalq kutubxonasida saqlanayotgan kitoblar bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;

muzey ekspozitsiyasini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, noan'anaviy ekspozitsiyalar yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;

Muzey-kutubxona binosini kapital ta'mirlash va jihozlash, shuningdek, muzey ekspozitsiyasi va xalq kutubxonasini yaratish bo‘yicha:

buyurtmachi etib - Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi injiniring kompaniyasi;

bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlari belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblar belgilanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

muzey-kutubxona binosini kapital ta'mirlash hamda jihozlash O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘laridan Samarqand viloyati mahalliy budjetiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;

muzey-kutubxonani saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Samarqand viloyatining 2020 yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid