O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 nafarga yetdi
O‘zbekistonning xorijdan kelgan yana ikki fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha, Istanbuldan kelgan bemorning turmush o‘rtog‘i va ushbu reysning yana bir yo‘lovchisida virus aniqlangan.
«Shu yilning 15 mart kuni soat 05:15da «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush o‘rtog‘i va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan.
Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.
Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonga koronavirus uchta reys orqali kirib keldi.
Birinchisi, 11 mart kuni Parij-Toshkent reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
Ikkinchisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (3 bemor).
Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (1 bemor).
Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 16 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston shifoxonalarida 641 kishi karantinda saqlanayotgani, shuningdek, 6 mingga yaqin kishi uy sharoitida karantinga olingani haqida xabar bergandi.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 180 mingdan oshgan, 80 mingga yaqin kishi sog‘aygan, qurbonlar soni 7174 nafarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston | 11:00
-
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
Jamiyat | 10:51
-
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi
Jahon | 10:36
-
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
Jahon | 10:30
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021