Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini koronavirus pandemiyasiga tayyormaslikda aybladi
G‘arb davlatlari koronavirus pandemiyasiga tayyormas bo‘lib chiqdi, dunyo iqtisodiy va siyosiy tub o‘zgarishlar ostonasida turibdi. Bunday fikrni Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bildirdi.
“G‘arb davlatlari epidemiyadan jabr ko‘rganlarni o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘ydi va o‘zlarini “kim qo‘lidan kelsa, o‘sha omon qolsin” prinsipi bo‘yicha tutmoqda. U yerda yillar davomida o‘z fuqarolari haqida qayg‘urilmagan, davlatning asosiy xizmatlari xususiy sektor ixtiyoriga topshirilgan. Endi Yevropa davlatlari ularni milliylashtirishga o‘tmoqda”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagai matbuot anjumanida.
“Biz global iqtisodiy, siyosiy va jamiyat tuzilishida tub o‘zgarishlar davriga kirmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an va avval epidemiyalar nafaqat og‘ir oqibatlarga, balki jiddiy siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelganini eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026