O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.

Xabarlarga ko‘ra, bugun, 31 may kuni Izmirdan Antaliyaga ketayotgan avtobus Denizli viloyatining Saraykoy shahrida halokatga uchragan.

Foto: ahaber.com.tr

Baxtsiz hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Avtobusda 38 yo‘lovchi va uch nafar xodim bo‘lgani aytilmoqda.