18 mart kuni Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligida tibbiy buyumlar va gigiyenik vositalar işlab çiqaruvçi korxonalar rahbarlari, tekstil sanoati vakillari va distribyutorlar bilan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.
Majlisda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Sardor Kariyev koronavirus pandemiyasining tarqalişi bilan boğliq vaziyat borasida söz yuritib, kasallikka qarşi kuraş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarni yanada kuçaytiriş zarurligini aytib ötdi. Bunda himoya niqoblarini işlab çiqarayotgan korxonalar hajmni köpaytirişi uçun işlab çiqarişni yanada kuçaytiriş bilan birga ularning sifatiga e'tibor qaratişlari zarurligi ta'kidlandi. Aholining himoya niqoblariga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida yiğilişda iştirok etgan tibbiy buyumlar işlab çiqaruvçi korxonalar rahbarlari, tekstil sanoati vakillari va distribyutorlar özaro hamkorlikda iş olib borişga kelişib oldilar.
Özbekistonda tibbiy buyumlar, aynan tibbiyot va gigiyenik yuz niqoblarini işlab çiqaruvçi 20 ta korxona mavjud. Şuningdek, mamlakatimizda respirator işlab çiqaruvçi korxonalar ham bor bölib, ularning barçasida işlab çiqariş quvvati kuçaytirilgan va ular uzluksiz tartibda işlab turibdi. Bundan taşqari, işlab çiqarişga qöşimça ravişda yurtimizda tekstil korxonalar ham dokadan qatlamli gigiyenik niqoblarni işlab çiqarişni yölga qöygan.
“Öztekstilsanoat” uyuşmasiga a'zo korxonalar uç turdagi himoya niqoblarining işlab çiqarilişini kuniga 2 million donaga yetkazmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi buyruğiga binoan, tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar röyxatiga kiritilgan edi. Hozirda, tibbiyot niqoblarni uşbu röyxatdan çiqariş böyiça mazkur buyruqqa özgartiriş kiritilmoqda. Undan maqsad himoya niqoblarini işlab çiqariş jarayonini soddalaştiriş va işlab çiqarişni yanada oşirişdir.
Tibbiyot xalatlari (kombinezon) işlab çiqaruvçi korxonalar soni 4 ta bölib, hozirda ular kuniga 7 ming dona kombinezon işlab çiqarmoqda. Uşbu korxonalarning işlab çiqariş imkoni kuniga 18 ming dona kombinezonni taşkil qiladi. Şu sabab ham ayni damda ehtiyoj ortgani tufayli, yaqin kunlarda ular töla quvvatda işlay boşlaydi.


















