«Mening fikrimcha, «yuzga teginishni qanday to‘xtatish mumkin?» degan savolga javob berish uchun avvalo bu odatning sababini topishimiz kerak», deya yozadi Kognitiv terapiya markazi psixologi Tatyana Pavlova.
U kun davomida o‘zingizni nima bezovta qilayotganini kuzatib, qayd etib qo‘yishni yoki yodda saqlashni maslahat bermoqda: qanday vaziyatlarda va nega tez-tez yuzingizga teginasiz?
«Masalan, men bunga aloqador o‘zimning harakatlarim to‘g‘risida o‘yladim va xayolimga uch narsa keldi: burnimni tortganimda (sovuq/quruq havo ta'sirida), kompyuterda ishlayotganimda iyagimni qo‘limga tiraganimda va biror kishi bilan suhbatga diqqatimni qattiq qaratganimda yuzimga teginaman», deb yozadi Pavlova.
Qisqacha qilib aytganda, turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar yoqimsiz vaziyatlarda ko‘proq o‘zlariga (va asosan yuzlariga) teginishadi — masalan, bezovtalikda yoki aldashga majbur bo‘lishganda. Bundan tashqari, agar odam diqqatni jamlashni talab qiladigan narsadan chalg‘isa, bu ko‘proq sodir bo‘ladi.
Bunday holatlar sonini kamaytirishga harakat qiling
Albatta, aytishga oson, lekin baribir stressli vaziyatlar sonini kamaytirish yoki ularga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish naf keltiradi (buning uchun albatta psixolog yoki psixoterapevt maslahatiga ehtiyoj tug‘iladi). Internetda chalg‘ituvchi omillardan xalos bo‘lish yo‘llari haqida juda ko‘p kitob va maqolalar yetarli.
Yaxshiyamki, ba'zida qo‘zg‘atuvchi holatlar yaqqol ayon bo‘ladi va ulardan xalos bo‘lish juda oson. Masalan, kichik bir tadqiqotda quruq, ta'sirchan teriga ega odamlar yuzlariga ko‘proq teginishi aniqlandi. Xulosa — namlantiruvchi vositalardan foydalaning va vaziyatni yaxshilashning boshqa usullarini topishga harakat qiling. Agar muammo ish kunining oxirida qurib qoladigan linzalarda bo‘lsa, sun'iy ko‘z yosh yordam bera oladi. Agar gap doim yuzga tushib turadigan sochlar haqida ketsa, nima qilish kerakligini bilasiz.
«Men har doim qo‘l ostimda salfetka olib yurishni va burnimni qo‘llar bilan emas, ular bilan artishimni nazorat qila olaman, — deydi psixolog Tatyana Pavlova. — Ish joyingizni jihozlash (bel uchun yostiq sotib olish, fitbolda o‘tirish, tik turuvchi ish joyini tashkil qilish va hokazolar) va suhbatlar paytida sizning qo‘lingizni band qiluvchi fidjyet-o‘yinchoq sotib olish qulayroqdir».
Ongni ishga soling
















