AOKA qoşida koronavirusga qarşi maxsus taşkillaştirilgan ştabda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov aholidan tuşgan savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

– Biror bemor çet elda operatsiya qilinişi zarur bölsa (boşqa çora yöq bölsa), operatsiya uçun çetga çiqsa böladimi? Qay tartibda?

– Xabaringiz bor, bugungi kunda xalqaro aviareyslar töxtatilgan. Boşqa davlatlar ham kasallik qayd etilgani munosabati bilan çeklovlar örnatgan. Alohida kelişuvlar bölmasa, kasallarni qabul qiliş masalasi muammoga aylangan.

Şuning uçun biz davolaniş uçun çet elga çiqişni tavsiya etmaymiz. Respublikamizdagi yetakçi şifoxonalar barça zarur asbob-uskunalar bilan ta'minlangan, mutahassislarimiz yetarliça bilim va malakaga ega.