Tibbiy himoya vositalari, xususan, niqoblarning tanqisligini sun'iy vujudga keltirib, narxini oşirgan «tadbirkor»larga qat'iy çoralar köriladi.
Mamlakatimiz fuqarolarining soğliğini himoya qiliş maqsadida zarur bölmagan hollarda, ayniqsa 65 yoşdan yuqori va surunkali kasali bor bölgan yurtdoşlarimiz uyidan taşqariga çiqmasliklari va köçaga çiqqanda – şaxsiy himoya vositalari (niqob)da bölişlari tavsiya etiladi.
Barça savdo va dehqon bozorlarida savdo qiliş nuqtalarida kasallik profilaktikasi maqsadida aholining yaqin masofada bölişlarini oldini olişga qaratilgan çoralar köriladi.
Eslatib ötamiz, 23 martdan mamlakatda yangi karantin çoralari joriy etiladi:
- Respublika çyegara hududlaridagi mavjud çegara ötkaziş punktlari 23 mart kuni soat 00:01dan boşlab barça şaxslar uçun (Özbekiston Respublikasi hududidan çiqib ketayotgan boşqa mamlakat fuqarolaridan taşqari) yopiladi.
- 23 martdan boşlab Toşkent şahridagi barça korxona va muassasalarga (mulkçilik şaklidan qat'i nazar) asosiy iş faoliyatiga ta'sir etmagan holda işçi va xodimlarni qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga çiqariş, qolgan işçilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) taşkil etiladi.
- Xodim va işçilar öz iş joyida şaxsiy himoya vositalari (niqob)da bölişi talab etiladi, şuningdek karantin çoralarini buzganlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda intizomiy çoralar qöllaniladi.
- Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida şaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bölgan şaxslarga «ogohlantiriş» beriladi.
- 25 mart kuni soat 6:00dan boşlab uşbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari (223 ming söm) miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bölsa – bazaviy hisoblaş miqdorining uç barobari (669 ming söm) miqdorida jarima qöllaniladi.


















