Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Soxta qahramonlik qilish kerak emas» – Sodiq Safoyev karantin tartiblarini buzish jinoyat ekanini eslatdi
Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada so‘zga chiqqan Sodiq Safoyev koronavirus to‘g‘risidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
Foto: Xalqaro press-klub
«Bu birinchidan, tekshirish, ikkinchidan, kuzatib borish, uchinchidan, izolyatsiya (chetlanish), to‘rtinchidan, to‘g‘ri informatsiya berish», deya Senat raisining birinchi o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Koronavirus tarqalishi olish bo‘yicha xorij tajribasi tahlilidan kelib chiqqan xulosalari haqida gapirgan Safoyev virus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Xubey viloyatida 60 million odam karantinga so‘zsiz rioya qilgani, Janubiy Koreyada kuniga 10 ming odam kasallik tashxisidan o‘tgani, bu esa kasallik tarqalishi holatlari kamayishiga olib kelganini qayd etib o‘tdi hamda virus tarqalishining oldini olish har bir kishining mas'uliyati ekanini ta'kidladi.
«Ajal kelmasa, hech narsa bo‘lmaydi». «O‘ldirsa ham osh o‘ldirsin» [qabilida fikrlash] bu – intizomsizlik.
Bu birinchi navbatda – jinoyat. Bunday mas'uliyatsizlik qahramonlik emas. Bugun soxta qahramonlik qilish kerak emas. Farzandlaringiz, ota-onalaringiz, yaqinlaringizni o‘ylashingiz kerak», deydi O‘zbekistonda to‘y qilishda davom etilayotganini nazarda tutgan Safoyev.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026