Qirğiziston poytaxti komendanti, respublika içki işlar vazirining örinbosari Almazbek Orozaliyev Bişkekda komendantlik soati joriy etilişini ma'lum qildi.

"25 mart soat 20dan komendantlik soati amal qilişi boşlanadi", - dedi u.

Orozaliyevning sözlariga köra, poytaxtda ertalab soat 7gaça aholi va transport harakati taqiqlanadi.

U şuningdek, şaharda bölib turgan mamlakatning boşqa hududlaridan bölgan aholisini Bişkekni yaqin soatlar içida tark etişga çaqirdi. Ma'lum qilinişiça, aks holda ularga nisbatan çora köriladi. 

Komendantlik soati vaqtida şifokorlar, içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilarga maxsus ruxsatnomalar taqdim etiladi.

Qirğiziston prezidentining farmoniga köra, Bişkek, Öş va Jalolobod şaharlari hamda Öş va Jalolobod oblastlarining uçta rayonida 25 mart ertalab soat 8dan favqulodda holat joriy etiladi va 15 aprelgaça davom etadi. 

Ma'lumotlarga köra, hozirgaça mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 42ta holat qayd etilgan.