Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norboyeva: «So‘nggi 3 yilda sog‘liqni saqlash sohasida islohot qilmaganimizda, hozirgi vaziyat yanada og‘irroq bo‘lardi»
O‘zbekistonda prezident rahnamoligida sog‘liqni saqlash sohasida so‘nggi uch yil davomida islohotlar olib borilmaganida, koronavirus xavfi bilan bog‘liq vaziyat yanada og‘irroq bo‘lardi, deb hisoblaydi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.
«Shu bilan birga, bu islohotlar izchil davom ettiriladi. Ayniqsa, sanitariya-epidemiologiya tizimiga e'tibor kuchaytiriladi», – dedi Norboyeva Senatning 24 martdagi yalpi majlisida.
Parlament yuqori palatasi Axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, senatorlar sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov orqali mamlakatning barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga 5,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb etilgan. Ularning maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
Avvalroq, Senat yalpi majlisida 5ta qonun ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
19:45 / 13.06.2026