Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi: Aksiyadorlarga ham qulaylik yaratib beriladi
Xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini onlayn rejimda masofadan turib kuzatish imkoniyati yaratib beriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov AOKA qoshidagi koronavirusga qarshi tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.
«Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat tufayli davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalda bo‘lgan shartnomalarga asosan xarid to‘lovlari o‘z vaqtida bajarilmasa, Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, muddat qayta ko‘rib chiqiladi. Tadbirkorlardan yaratilgan bu kabi qulayliklardan foydalanish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalariga hamda hududiy komissiyalarga murojat qilishlarini so‘raymiz.
Respublika komissiyasi topshirig‘iga ko‘ra, yuzaga kelgan karantin holatida aksiyadorlarga ham qulaylik yaratish maqsadida xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlislari va aksiyador (ishtirokchi)larning umumiy yig‘ilishlarini onlayn rejimda masofadan turib, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ovoz berish orqali o‘tkazish tizimini bir oy ichida joriy etish yuzasidan Agentlik tomonidan chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu bo‘yicha alohida bayonot beriladi», deydi Mo‘min Ibodov.
Savol va qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari, shuningdek, +998712592258, +99871259-21-38 raqamlari orqali murojaat qilish so‘raladi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026