«Bemorlarning 2 nafari Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bölib qaytgaç, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan», – deb ma'lum qildi Soğliqni saqlaş vazirligi.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahridagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan taşqari, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridan bölgan fuqarolar ham bor.

«Barça bemorlar Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda», – deb ta'kidlangan xabarda.

Soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolardan karantin qoidalariga amal qiliş, imkon qadar uydan çiqmaslik, jamoat joylarida töplanmaslik, şaxsiy gigiyenaga qat'iy rioya qilişni söragan.

«Dunyo tajribasiga köra, koronavirus tarqalişining oldini olişda eng samarali yöl – aynan karantin qoidalariga sözsiz rioya etişdir», deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib ötamiz, 25 mart kuni «Istanbul-Farğona» charter reysida Turkiyadan olib kelingan 244 nafar fuqaro Farğona xalqaro aeroportida kutib olinib, Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» faxriylar sihatgohiga joylaştirildi.

Ikki kun oldin Farğona viloyatida 157 kişi uy karantinida saqlanayotgani xabar qilingan edi.