Özbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2020 yil 25 mart ertalab soat 9:00 holatida 55 nafarni taşkil etdi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği, Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning aytişiça, uşbu bemorlarning barçasi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida davolaş muolajalarini olmoqda. 

“Mazkur institut rahbariyati ma'lumotiga köra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda öpka yalliğlanişi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli oğir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davolaş profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida taşkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi bölib 20 mingdan köproq fuqaro karantin tadbirlarini ötayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan”, - dedi N.Otabekov.