Özbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş borasida bir qator işlar amalga oşirilayotgan bölsa-da, firibgarlik bilan boğliq jinoyatlar köp uçramoqda, deb yozadi Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, joriy yilda fuqarolar tomonidan Milliy gvardiyaga kelib tuşgan murojaatlarning birida G. özini «mayor» unvonidagi «Milliy gvardiya xodimi» deb taniştirib, işga kiritib qöyiş uçun va şu kabi boşqa masalalarda fuqarolarning işonçiga kirib, 15 800 000 söm va 300 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini undirayotganligi ma'lum qilingan.
Uşbu holatga aniqlik kiritiş maqsadida Milliy gvardiya mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida G. qölga olinib, Toşkent şahar IIBBga topşirilgan.
Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida uşbu ayol 1966 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toşkent şahri, Sirğali tumanida röyxatsiz yaşab kelayotgan fuqaro G.S. ekanligi ma'lum bölgan.
Bugungi kunda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan fuqaro G.S.ga nisbatan JKning 168-moddasi («Firibgarlik») va 211-moddasi («Pora beriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















